«Ipak yo‘li gavhari» XIV Toshkent xalqaro kinofestivali arafasida «O‘zbekfilm» kichik pavilonida festivalning rasmiy dasturi o‘tkazilib, uning doirasida bir qator memorandumlar imzolandi. Bugun Yangi O‘zbekistonda kino jadal rivojlanmoqda, xalqaro hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Bularning barchasi O‘zbekiston prezidenti olib borayotgan siyosat tufayli amalga oshdi.

«Biz qo‘shma loyihalarni yaratishga kuchli turtki beradigan biznes platforma yaratmoqchimiz. Rossiya delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazdik va yaqin ikki yil ichida o‘z samarasini namoyon etishiga va’da beradigan loyihalarimiz ham allaqachon mavjud. 14-sentabr XIV Toshkent xalqaro kinofestivalining ochilish marosimi arafasida biz ishtirokchilar o‘rtasida qulay muloqot muhitini yaratmoqchimiz. O‘zbekiston loyihalariga kelsak, 15-sentabr kuni qator davlatlar bilan memorandumlar imzolashni rejalashtirganmiz. Bugungi ochilish marosimi o‘zgacha, noodatiy bo‘ladi. Qizil gilamda delegatsiyalar va kinoloyihalarni ko‘rishni istaymiz», — dedi biznes-forum ochilishida XIV Toshkent xalqaro kinofestivalining bosh direktori Firdavs Abduxoliqov.

O‘zbekiston kinematografiya agentligi va «Roskino» tashkiloti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi ilk memorandum imzolandi.

«Mamlakatlarimiz o‘rtasida memorandumning imzolanishi amalga oshirilgan ishlarning o‘ziga xos asoslanishi bugungi kunda tashkilotlarimiz tomonidan tizimli ishlar olib boriladigan tadbirlarning butun ro‘yxati shakllantirilgan. Bu hamkorlikda ishlab chiqish, ta’lim dasturi kabilardir. Bu yil biz „Roskino“ akademiyasi deb nomlangan yangi loyihani ishga tushirdik. U soha mutaxassislarini mamlakatlararo hamkorlikda qayta tayyorlashga qaratilgan. O‘ylaymanki, qo‘yilgan maqsadlarga erishish natijalarini doimiy ravishda nazorat qilib boruvchi doimiy komissiyamiz tuziladi», — dedi «Roskino» rahbari Inna Shalito.


Sankt-Peterburgdagi «Lendok» hujjatli filmlar studiyasi direktori Aleksey Telnov O‘zbekiston kinematografiya agentligi bilan memorandum imzolar ekan, «Masjid» hujjatli filmini yaratish haqida gapirdi.

«Ushbu film Sankt-Peterburgdagi amirlar Said Abdulahadxon va Said Olimxon merosini turli odamlar va ularning guvohliklari orqali o‘rganish va ko‘rishga urinish hamda o‘ziga xos tergovdir. Ular shimoliy poytaxt va Buxoroni abadiy bog‘lagan odamlardir. Yangi loyihamizga kelsak, „Masjid“ hujjatli filmi sharafiga memorandum imzolayapmiz. U Sankt-Peterburgda masjid qurilishi haqida hikoya qiladi. Shahrimizda bo‘lganlar biladi, masjid shaharning har tarafidan ko‘rinib turadi. Uning qurilish tarixi hayratlanarli. U barcha mamlakatlar musulmonlar kuchi bilan qurilgan. Bizning vazifamiz ulkan kartina yaratish va u orqali Sankt-Peterburg shunchaki masjid bor joy emas, balki u biz do‘st bo‘lgan va biz tashrif buyuradigan barcha mamlakatlar musulmonlari uchun uy ekanligini ko‘rsatishdir», — dedi Aleksey Telnov.

Biznes-forum doirasida O‘zbekiston kinematografiya agentligi bilan Rossiyaning Mars Media kinostudiyasi o‘rtasida 1966 yil aprel oyida Toshkentda yuz bergan zilzila haqida badiiy film yaratish bo‘yicha memorandum ham imzolandi.

«Memorandumning imzolanishi kinematografiya sohasidagi hamkorligimizni rivojlantirish, qo‘shma loyihalar ishlab chiqarish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Bu yil biz faqat biznes-forumda qatnashamiz, ammo yaqin kelajakda kinofestivalning tanlovlari va boshqa dasturlarida ham qatnashamiz degan umiddamiz», — dedi Mars Media ijrochi direktori Yuliya Ivanova.

Shuningdek, Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasida qo‘shma hamkorlik memorandumi ham imzolandi. Qirg‘iziston Respublikasi Madaniyat, turizm, sport va yoshlar siyosati vazirligi huzuridagi Kinematografiya departamenti direktori Muktali Bektenaliyev nafaqat bunday keng ko‘lamli kinofestivalda yana bir bor ishtirok etganidan, balki «Bir kuni Samarqandda» nomli yangi loyiha ishlab chiqarishda qo‘shma hamkorlikni boshlanishidan xursandligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Jami to‘rtta memorandum imzolandi. O‘zbekiston kinosi kunida xorijiy hamkorlar bilan kino ishlab chiqarish sohasida yana bir qator memorandum va shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan.

Reklama huquqlari asosida.