Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, «R.» xususiy firmasi rahbari N.Ch. korxonaga ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun Yozyovon tumani hududidan ajratilgan 23 sotix yer maydonini fuqaro M.ga 15 000 AQSh dollari evaziga uning nomiga rasmiylashtirib berishga kelishib olgan.

Tadbir davomida va’da qilingan pulning 10 000 AQSh dollari va 55 mln so‘mini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25 (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish), 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.