Pandemiyaning ilk kunlaridan ko‘pchilik COVID-19 qanchalik jiddiy ekanligiga shaxsan o‘zlari boshidan kechirib guvoh bo‘lishdi. O‘nlab mamlakatlarning iqtisodiyoti va biznesini yangi yuqumli kasallik yirik inqirozga olib keldi va uning oqibatlari hali-hanuz to‘liq bartaraf etilgani yo‘q.

2021 yildan tadbirlar onlayn formatdan oflayn formatga o‘tib, biznesga asta-sekin tiklanib olishga sharoit yaratmoqda. Bunda pandemiyani hech kim yoddan chiqarayotgani yo‘q, zero profilaktika choralariga rioya qilmaslik, shubhasiz, kasallik yana avjiga chiqishi hamda lokdaun va cheklovlarga olib kelishi mumkin.

Shuning uchun ishtirokchilar soni va orasidagi masofani saqlashga qo‘yilgan talablardan tashqari, ShHT sammitida qatnashganlarni ROSSA kompaniyasining tezkor testlari yordamida virus bor yoki yo‘qligiga tekshirishdi.

ROSSA o‘z faoliyatini 2018 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi huzuridagi Immunologiya va inson genomikasi instituti binosida turli kassaliklar diagnostikasi bo‘yicha reagentlarni tajriba-sinov asosida ishlab chiqaruvchi sifatida boshladi. 2019 yilda uning o‘z ishlab chiqarish majmuasi qurildi. Bugungi kunda asosiy ishlab chiqarish maydoni Nurafshonda faoliyat yuritmoqda.

Kompaniya olimlar va texnologlarning ilmiy-tadqiqot salohiyatini, zamonaviy biotexnologik ishlab chiqarishni, xalqaro standartlarga javob beradigan klinikadan oldin va keyin o‘tkaziladigan sinovlarni birlashtirgan holda O‘zbekistonda IVD (in vitro diagnostika) ishlab chiqarishda yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi.

Bunday korxonalarning ochilishi o‘z ishlanmalarni yaratish orqali yetkazib beruvchilarga bo‘lgan tobelikni kamaytirish hamda laboratoriya tadqiqotlari uchun reagentlar importini imkon qadar kamaytirish imkoniyatini beradi.

Butun dunyoda test ishlab chiqarish texnologiyasi bir xil. Asosiy mohiyati — ularning intellektual hissasida — o‘ljani virusning qayeriga mo‘ljallashga bog‘liq. Texnologiya yagona, biroq u nimani va qanchalik to‘g‘ri aniqlashi, bu qancha turishi, u bilan ishlash qanchalik murakkab va xavfsiz bo‘lishi — testning o‘ziga xosligi bilan belgilanadi. ROSSA xodimlarining aksariyati tibbiyotdan biotexnologiyaga kelgan tibbiy biologlardir. Testni ishlab chiqishda uning sifati va barcha darajadagi laboratoriyalar uchun mavjudligi muhim ahamiyatga ega. Barcha reagentlar referens laboratoriyalarda, shuningdek, Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti panellarida sinovdan o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, kompaniyadagi qiyosiy tahlillar davomida ROSSA test tizimlari sezgir va samaraliroq bo‘lib chiqdi. Boshqacha qilib aytganda, ROSSA testlari kasallikni dastlabki bosqichida aniqlay oladi.

ROSSA shu kungacha O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining laboratoriyasiga COVID-19`ni aniqlash bo‘yicha PZR-test tizimlarini yetkazib berishda davom etmoqda.

ShHT sammitida koronavirus infeksiyasining xavfsizligini ta’minlash va tarqalishining oldini olish maqsadida barcha ishtirokchilar va tashkilotchilar COVID-19 kasalligini aniqlash maqsadida sinovdan o‘tkazildi. Buning uchun ROSSAmed EXPRESS COVID-19 RT-PCR mahsuloti tanlandi.

ROSSAmed EXPRESS COVID-19 RT-PCR — bu koronavirus RNKsini real vaqt rejimidagi tadqiqot metodi orqali aniqlashga yo‘naltirilgan kompaniyaning innovatsion ishlanmasi hisoblanadi. Ushbu mahsulot tadqiqot vaqtini besh-olti soatdan bir soatgacha qisqartirishga imkon beradi.

Virusning DNKsini aniqlash uchun barcha PZR tahlillarini o‘tkazish uchun biomaterial ekstraksiya qilinadi, ya’ni tozalanadi. Bunga juda uzoq vaqt sarflanadi, ammo ROSSA taklif qilayotgan test buni talab qilmaydi va mazoklar bilan ishlaydiganlarning vaqtini tejaydi hamda xavflarni kamaytiradi.

Ushbu test virusning tezda aniqlash, uning tarqalishini kuzatish va o‘z vaqtida to‘xtatish kerak bo‘lgan hollarda zarur.

Kompaniya vakillari ta’kidlashicha, bunday testni ishlab chiqilishi — PZR diagnostikasi bozorida inqilobiy hodisa.

Bunday format juda ko‘p odamlar qatnashadigan hamda nisbatan tor doiradagi tadbirlarni o‘tkazishda talabgir va qulaydir. Axir hozirgi sharoitlarda testlardan foydalanmasdan yuz yoki undan ortiq odam uchun tadbirlarni o‘tkazish ortiqcha dabdabalikdir.

“ShHT sammitida ROSSA mahsulotidan foydalanish kompaniyaning O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan yuqori baholanishi va unga bo‘lgan ishonchning yuqoriligidan dalolat beradi”, — dedi ROSSA MCHJning bosh direktori Rovshan Gaziyev.

Reklama huquqlari asosida.