Toshkent viloyatidagi har bir fuqaroga imtiyozli ipotekaga xonadon olish imkoniyati beriladi

Prezident kelgusi yildan Toshkent viloyatida «Mening birinchi uyim» ipoteka dasturi ishga tushirilishini ma’lum qildi. Viloyatda yashovchi har bir fuqaro yangi xonadondan bir marta imtiyozli ipoteka krediti asosida olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak, dedi u viloyat kengashi sessiyasida.

«Toshkent viloyatidagi chegaralarimizda minalar turardi. Ularni shaxsan o‘zim nazorat qilib oldirdim» — prezident

Shavkat Mirziyoyev Nurafshonda xalq vakillari bilan suhbatda Qirg‘iziston bilan chegara borasidagi kelishuvlarga to‘xtalib o‘tdi va ilgari chegara hududlarda minalar bo‘lganini aytdi. «Odamlar qarindoshlarining na to‘yiga bora olardi, na azasiga. Shaxsan o‘zim nazorat qilib minalarni oldirdim», — dedi prezident.

Jizzaxda o‘rmon noziri daraxt kesganlarga jarima qo‘llamaslik evaziga pora olgani aytilmoqda

Jizzax viloyatida o‘rmon noziri 14 dona terak va qayrag‘och daraxtlari noqonuniy kesilgani holati yuzasidan jarima qo‘llamaslik evaziga 3 mln so‘m pora talab qilganlikda gumonlanyapti. Unga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

Shavkat Mirziyoyev Serdar Berdimuhamedovni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev 22 sentabr kuni Serdar Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. O‘zbekiston prezidenti Turkmaniston prezidentini tavallud kuni bilan qutlab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, turkman xalqiga esa farovonlik tiladi.

Zoyir Mirzayev Toshkent viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Shavkat Mirziyoyev ishtirokida xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi sessiyasi o‘tkazildi. Unda 2021 yil noyabr oyidan buyon Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajarib kelayotgan Zoyir Mirzayev nomzodi viloyat hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Zoyir Mirzayev Prezident bilan uchrashuvda qanday takliflarni ilgari surdi?

22 sentabr kuni Nurafshon shahrida xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, tadbirkorlik, sanoat, agrar soha rivoji, turizm va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha Zoyir Mirzayev taqdim etgan loyihalar bilan tanishdi va tegishli ko‘rsatmalar berdi.

PMTI iqlim o‘zgarishi sharoitida «yashil» elektr energiyasini ishlab chiqarishga ta’sir etuvchi omillarni o‘rgandi

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti o‘rganish natijalari shuni ko‘rsatdiki, iqtisodiy tarmoqlar uchun zarur elektr energiya resursini rejalashtirish bevosita suv oqimi hajmini prognozlashtirish imkoniyatlari va salohiyatiga bog‘liq.

Toshkent viloyatida turizm bo‘yicha favqulodda holat e’lon qilinadi

Prezident dam olish kunlari Bo‘stonliq yo‘lida tirbandliklar bo‘lishini tanqid qildi. «Nega Parkentda ham shunaqa tizim qilmaymiz? Parkent shashligi va somsasini ko‘pchilik yaxshi ko‘radi-ku», — dedi u. Viloyatda favqulodda holat e’lon qilinadi, Parkent, Angren va Ohangaronda turizm klasterlari tashkil etiladi.

Qarzdorlikni o‘chirib berishni va’da qilgan «elektroset» xodimlari ushlandi

Toshkent, Samarqand va Jizzaxda elektr energiyasi uchun ko‘p miqdorli qarzdorlikni o‘chirib berishni va’da qilgan hududiy elektr ta’minoti korxonalari xodimlari qo‘lga olindi. Ularga nisbatan jinoiy ish ochilgan.

Imomlik maqomiga munosib bo‘lmagan 4 nafar tuman bosh imomi ishdan olindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov o‘z vazifasiga vijdonan yondoshmagan va imomlik maqomiga munosib bo‘lmagan 4 nafar tuman bosh imomi ishdan oldi. Shuningdek, 1 nafariga «hayfsan» intizomiy jazosi berildi.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi fuqarolarni da’vatlarga berilmaslikka chaqirdi

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi vatandoshlarga O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan shaxslar boshqa davlat fuqarosi sifatida e’tirof etilmasligini eslatdi. Ularning xorijiy davlatlar hududidagi harbiy harakatlarda ishtirok etishi jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Toshkentda 63 ta jarimasi bor haydovchidan 50 mln so‘m undirildi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida yo‘l harakati qoidalariga amal qilmagani uchun fuqaroga 63 ta ma’muriy jarima rasmiylashtirilgan. MIB uning Cobalt mashinasini xatlab olgach, fuqaro 50 mln so‘mni to‘lashga majbur bo‘ldi.

Jizzaxda Cobalt tirkamaga urildi, bir kishi vafot etdi

Jizzax viloyatida salonida 5 nafar shaxs bo‘lgan Cobalt traktor tirkamasiga urildi. Haydovchi va uch nafar yo‘lovchi jarohat olgan, bir nafar yo‘lovchi vafot etgan.

Tijorat banklari 22 sentabr uchun yangilagan dollar kurslari e’lon qilindi

Markaziy bank 22 sentabr kungi o‘zbek so‘mining AQSh dollariga nisbatan rasmiy kursini 10 980,01 so‘m etib belgiladi. O‘zgarishdan so‘ng tijorat banklari ham o‘z takliflarini yangiladi.