Jizzax davlat o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi o‘rmon noziri yer maydonida noqonuniy kesilgan daraxtlar bo‘yicha jarima qo‘llamaslik uchun pora olgan vaqtida ushlandi. Bu Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari o‘tkazgan tezkor tadbirda ma’lum bo‘ldi.

O‘rmon noziri R.M. fuqaro U.dan unga bog‘dorchilik uchun ijaraga berilgan yer maydonida 14 dona terak va qayrag‘och daraxti noqonuniy kesilishi holati yuzasidan jarima qo‘llamaslik evaziga 3 mln so‘m pora talab qilgan. Uni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etyapti.