12−13-oktabr kunlari Toshkentda chakana savdo tashkilotlari, FMCG mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va farmatsevtika riteyli uchun “Zamonaviy chakana savdo: yangi tendensiyalar, innovatsiyalar va texnologiyalar” xalqaro anjumani bo‘lib o‘tadi.

Ikki kun ichida O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘istonlik 10 nafar ekspertlar konferensiya ishtirokchilari bilan o‘z tajriba va bilimlarini o‘rtoqlashadi.

Tadbir dasturi

Tadbirning birinchi kunida anjuman bo‘lib o‘tadi. Ushbu anjumanda quyidagi mavzular muhokama qilinadi:

  • chakana savdo formatlari: tendensiyalar, muvaffaqiyat keyslari, rivojlanish va takomillashtirish;
  • elektron tijorat va marketpleyslarni rivojlanishi;
  • operatsion nazorat va samaradorlik;
  • samarali logistikani tashkil etish;
  • haqiqiy foyda: nima muhimroq bozor ulushimi yoki yalpi daromadmi.


Birinchi kunning ma’ruzachilari orasida AQSh va Rossiyalik ekspertlar va O‘zbekistondagi ilg‘or chakana savdo tarmoqlarining rahbarlari:

  • Zafar Xashimov — “Korzinka” supermarketlari tarmog‘i asoschisi;
  • Aleksandr Shubin — myRetailStrategy korxonasining boshqaruvchi partneri va “Chakana savdo kompaniyalarining biznes-modellari” kitobi muallifi;
  • German Saymon — narx siyosati bo‘yicha 27 tilga tarjima qilingan 40 kitob muallifi;
  • Azamat Shaysmoilov — Makro`ning tijorat direktori.


Tadbirning ikkinchi kunida biznes-nonushta va amaliy seminarlar bo‘lib o‘tadi.

Biznes-nonushtaning asosiy mavzusi — “Rossiya va O‘zbekiston riteyli hamkorligi”.

Biznes-nonushtada muhokama qilinadigan mavzular:

  • O‘zbekiston chakana bozorining o‘ziga xos xususiyatlari: iste’molchilar, formatlar, qonunchilik;
  • eksport salohiyati va to‘siqlari, ta’minot va hamkorlik imkoniyatlari;
  • O‘zbekistonda chakana savdo bozorini rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashish va muhokama qilish.


Amaliy seminarlarda ishtirokchilar ekspertlardan qo‘yidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy vositalar va insaytlar olib, o‘z biznesilarini yangidan kashf etish imkoniga ega bo‘ladilar:

  • aqlli narx siyosati;
  • promo (rag‘batlantirishni) optimallashtirish;
  • chakana savdo 4.0. Chakana savdoning yangi biznes-modellari ;
  • samarali tijorat taklifi, chakana savdo tarmoklari bilan ishlash sirlari.

Tashkilotchilar — myRetailStrategy va Marketbridge.

Tadbir hamkorlari: Team University, 4 Retail Business School, Antal, Retail.ru, SmartPricing, Retail Club Uzbekistan, MD Audit, Infovision, NLT-trade, Retail-Loylity, The Choyxona.

Batafsil ma’lumot Retail Days saytida olishingiz mumkin.

Reklama.