Jamiyat

Dronlardan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish taklif etilmoqda
15 noyabr 2023, 13:02

Dronlardan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish taklif etilmoqda

Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida dronlardan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi muhokama qilindi. Jazo choralari qat’iy belgilangan bo‘lsada, ushbu toifadagi jinoyatlar soni yildan yilga ko‘payib borayotgani aytilgan.

SSV “Antistrumin” voqeasi “peredozirovka” ekanini 100 foiz tan oladi — Amrillo Inoyatov
15 noyabr 2023, 12:24

SSV “Antistrumin” voqeasi “peredozirovka” ekanini 100 foiz tan oladi — Amrillo Inoyatov

Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov sentabrda bolalar yod tarkibli “Antistrumin” dorisidan ommaviy zaharlangani haqida gapirib, preparatni berishda doza oshirib yuborilganini tan oldi. Avvalroq uning o‘rinbosari Elmira Bositxonova holat sababi dori emas, O‘RVI bo‘lishi mumkinligini bildirgandi.

“Ko‘mir ta’minot” Toshkent viloyati boshlig‘i $50 ming pora olishda gumonlanmoqda
15 noyabr 2023, 12:02

“Ko‘mir ta’minot” Toshkent viloyati boshlig‘i $50 ming pora olishda gumonlanmoqda

“Ko‘mir ta’minot” korxonasining Toshkent viloyati filiali boshlig‘i 50 ming dollar pora olishda gumonlanmoqda. U fuqaroga ishga kirishda yordam berish uchun pul olayotganda ushlandi. Shuningdek, korxonaning Samarqanddagi omborlari mudirlari 2 ming tonnadan ortiq ko‘mirni talon-toroj qilgani aniqlandi.

Samarqand vino kombinatida qalbaki aksiz markali 631,7 mln so‘mlik alkogol mahsulotlari ishlab chiqarilgani aniqlandi
15 noyabr 2023, 11:46

Samarqand vino kombinatida qalbaki aksiz markali 631,7 mln so‘mlik alkogol mahsulotlari ishlab chiqarilgani aniqlandi

“Xovrenko” nomidagi Samarqand vino kombinatida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari ishlab chiqarilayotgani aniqlandi. Tadbir yakunida jami 631,7 mln so‘mlik tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Rossiyaga eksport qilingan atirgullar hasharot bilan zararlangani aniqlandi
15 noyabr 2023, 10:49

Rossiyaga eksport qilingan atirgullar hasharot bilan zararlangani aniqlandi

Rossiyaning Irkutsk viloyatiga Zangiotadan eksport qilingan 3150 dona atirgul tamaki oqqanoti hasharoti bilan zararlangani aniqlandi. Tadbirkor ularni fitosanitar ruxsatnomasisiz jo‘natgan, “Rosselxoznadxor” esa olib kirishga ruxsat bermagan. Gullar o‘sha yerda yoqish yo‘li bilan yo‘q qilingan.

“O‘sha paytda uxlayotgan edim”. “Gazeta.uz” o‘quvchilari o‘z kartalaridan katta miqdorda pul yechib olingani haqida xabar berdi
14 noyabr 2023, 20:55

“O‘sha paytda uxlayotgan edim”. “Gazeta.uz” o‘quvchilari o‘z kartalaridan katta miqdorda pul yechib olingani haqida xabar berdi

11-noyabrda ayrim O‘zbekiston fuqarolarining bank kartalaridan katta miqdorda pul yechib olindi. Noma’lum shaxslar SMS-kodlar himoyasini chetlab o‘tgan. “Gazeta.uz” jabrlanuvchilarning so‘zlarini e’lon qilmoqda. Avvalroq MB va Humo banklardan biriga xakerlar tomonidan buzib kirilganini rad etgan edi.

“Ota-onalarning dardini ko‘rib yig‘ladim. Ulardan biri mening ham farzandim bo‘lishi mumkin edi”. Doniyor G‘aniyev — “Dok-1 Maks” haqida
14 noyabr 2023, 20:33

“Ota-onalarning dardini ko‘rib yig‘ladim. Ulardan biri mening ham farzandim bo‘lishi mumkin edi”. Doniyor G‘aniyev — “Dok-1 Maks” haqida

Deputat Doniyor G‘aniyev “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudda ota-onalarning dardini ko‘rib yig‘laganini aytdi. Shundan kelib chiqib, u SSV rahbari Amrillo Inoyatovdan “qanday hulosa chiqardinglar, siyosiy javobgarlik bo‘ladimi, bunday qo‘pol xato qayta takrorlanmaydi deb va’da berolasizlarmi?” deya so‘radi. Video.

Chery Uzbekistan ishga tushirilganining bir yilligini nishonladi
14 noyabr 2023, 19:00

Chery Uzbekistan ishga tushirilganining bir yilligini nishonladi

Chery Uzbekistan ishga tushirilganining bir yilligi munosabati bilan tantanali kecha tashkil etdi. Marosimda brendning asosiy namoyandalari va mehmonlarga qiziqarli shou namoyish etildi, tanlov va yutuqli o‘yinlar o‘tkazildi.

Toshkentda nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun Media Plus loyihasi tashkil etildi
14 noyabr 2023, 15:58

Toshkentda nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun Media Plus loyihasi tashkil etildi

Toshkent shahrida 18 yoshga to‘lgan, nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun mediasavodxonlikni o‘rgatuvchi Media Plus loyihasi tashkil etildi va bu kursda 20 kishi 2 oy davomida tahsil oldi. “Gazeta.uz” ushbu ijtimoiy loyihani qo‘llab-quvvatladi.

Surxondaryoda hokim yordamchisi firibgarlikda ayblanmoqda. U fuqarolar nomiga kredit olgan bo‘lishi mumkin
14 noyabr 2023, 15:33

Surxondaryoda hokim yordamchisi firibgarlikda ayblanmoqda. U fuqarolar nomiga kredit olgan bo‘lishi mumkin

Qumqo‘rg‘on tumanida hokim yordamchisi fuqarolarning nomiga issiqxona tashkil etish uchun 4 marta (jami 132 mln so‘m) kredit olib, pullarni o‘ziga qarashli MCHJga o‘tkazgani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va lavozimidan ozod etildi.

Toshkentda daraxt mashina ustiga qulashi oqibatida yo‘lovchi vafot etdi
14 noyabr 2023, 12:28

Toshkentda daraxt mashina ustiga qulashi oqibatida yo‘lovchi vafot etdi

Yangihayot tumanida harakatlanib ketayotgan Nexia-3 ustiga daraxt qulab tushdi. Oqibatda 26 yoshli yo‘lovchi qiz bosh miya ochiq jarohati bilan vafot etdi. Ekologiya bo‘limi daraxt sog‘lom bo‘lgani, yomg‘ir sababli tagi bo‘shab qolganini bildirdi.

Toshkent viloyatida qalbaki 250 mln so‘m musodara qilindi
14 noyabr 2023, 11:30

Toshkent viloyatida qalbaki 250 mln so‘m musodara qilindi

DXX Bekobod tumanida 250 mln 800 ming so‘m miqdoridagi 100 ming so‘mlik qalbaki kupyuralar sotilishining oldini oldi.

Vazirlik, idora va hokimliklar e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarning faqat yarmini ochiqlayapti
14 noyabr 2023, 10:32

Vazirlik, idora va hokimliklar e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarning faqat yarmini ochiqlayapti

Antikorrupsiya agentligi 93 ta vazirlik, idora va hokimlikda e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarning faqat 52 foizi ochiqlanayotganini aniqladi. Aksariyat hollarda budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar xarajatlariga oid ma’lumotlar bo‘yicha jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.

Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlagan tadbirkorlarga davlat granti ajratiladi
14 noyabr 2023, 09:56

Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlagan tadbirkorlarga davlat granti ajratiladi

Mahallalarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash markazlarini ochgan tadbirkorlarga davlat granti ajratilib, 1 nafar ayol uchun 3 mln so‘mdan oshmagan miqdorda pul to‘lanadi. Mablag‘lar Oila va xotin-qizlar jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladi.

Butunjahon shoping kunida o‘zbekistonliklar Uzum Market`da 130 mingdan ortiq onlayn buyurtma berishdi
14 noyabr 2023, 09:00

Butunjahon shoping kunida o‘zbekistonliklar Uzum Market`da 130 mingdan ortiq onlayn buyurtma berishdi

Uzum Market`da 11.11 aksiyasining birinchi kunlari natijalariga ko‘ra, foydalanuvchilar 130 mingdan ortiq buyurtma rasmiylashtirishgan. Buyurtmalar ko‘proq Toshkent, Samarqand, Farg‘ona va Buxoro aholisi tomonidan berilgan.

Markaziy bank O‘zbekiston aholisining ta’lim xarajatlari oshganini qayd etdi
13 noyabr 2023, 19:59

Markaziy bank O‘zbekiston aholisining ta’lim xarajatlari oshganini qayd etdi

O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalari aholi bilim olish va sayohatga ko‘proq mablag‘ sarflay boshlaganini ko‘rsatdi. Respondentlarning kelajakdagi xarajatlari tarkibida ta’lim birinchi o‘rinni egalladi.

Oliy Majlis deputatlari Toshkentda kattalar uchun mo‘ljallangan xospis qurilishini nazoratga oldi
13 noyabr 2023, 19:43

Oliy Majlis deputatlari Toshkentda kattalar uchun mo‘ljallangan xospis qurilishini nazoratga oldi

“Gazeta.uz”ning O‘zbekistonda saraton bilan og‘riganlar qanday vafot etayotgani haqidagi maqolasidan so‘ng Qonunchilik palatasi deputatlari Toshkentdagi kattalar xospisi qurilishiga hamda Taskin bolalar xospisiga tashrif buyurdi. Ular xospis va palliativ yordam parlament nazoratiga olinishiga ishontirishdi.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun faoliyat turlari ro‘yxati kengaytirildi
13 noyabr 2023, 17:34 2

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun faoliyat turlari ro‘yxati kengaytirildi

O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga 19 ta tur qo‘shildi. Milliy taqinchoqlar, atlas va adras ishlab chiqarish, qo‘ziqorinlarni yig‘ish, uyda yetishtirish va sotish va boshqalar shular jumlasidan.

Toshkentda avtobus yonib ketdi
13 noyabr 2023, 17:20

Toshkentda avtobus yonib ketdi

Yangihayot tumanida “12-Avtobus saroyi”ga tegishli MAN avtobusi yonib ketdi. Hodisaga elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan.

Asakabank milliy valyutadagi omonat foiz stavkalari ko‘tarildi
13 noyabr 2023, 15:00

Asakabank milliy valyutadagi omonat foiz stavkalari ko‘tarildi

8-dekabrgacha Asakabank`da milliy valyutadagi depozitlarga oshirilgan foiz stavkalari amal qiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting