O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati kengaytirildi. Bu prezidentning 10-noyabrdagi farmonida nazarda tutilgan.

Farmonga ko‘ra, ro‘yxatga yana 19 ta faoliyat turi kiritilgan:

  1. qayta ishlangan jundan kiyim va boshqa mahsulotlarni to‘qish;
  2. uy sharoitda loydan tandir tayyorlash;
  3. atlas va adras to‘qish;
  4. mayda munchoq (biser) yasash;
  5. uy sharoitda do‘ppido‘zlik mahsulotlarini tayyorlash;
  6. uy sharoitda temirchilik mahsulotlarini tayyorlash;
  7. asalarichilik, shuningdek, asalari uyalari va ularning ramkalarini yasash;
  8. quroqchilik usulida ko‘ylak, ko‘rpa va yopinchiq tikish;
  9. qo‘ziqorinlarni yig‘ish, uyda yetishtirish va sotish;
  10. pichoqlarni ishlab chiqarish, charxlash va sotish;
  11. qog‘ozdan qutilar, banderollar ishlab chiqarish;
  12. uy sharoitda issiqxona mahsulotlarini yetishtirish;
  13. tayyor mahsulotlarga etiketka yopishtirish;
  14. uy sharoitda bolalar o‘yinchoqlarini yasash;
  15. uy sharoitda supurgi yetishtirish va tayyorlash;
  16. yassi oyoqli bolalar uchun poyabzal yasash;
  17. milliy taqinchoqlar yasash;
  18. kandakorlik, miskarlik buyumlarini uy sharoitida tayyorlash;
  19. dag‘al jundan gilam, ko‘rpa, yostiq yasash.

Endilikda ushbu ro‘yxatga yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 101 turdagi faoliyat turlari kiradi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilgi davlat budjeti loyihasida yakka tartibdagi tadbirkorlarning yillik daromadi 100 million so‘mdan oshsa, 4 foiz stavkada (yakka tartibdagi tadbirkorlarning aylanma solig‘i sifatida) soliq solish tartibini belgilash ko‘zda tutilgan. Shu bois yakka tartibdagi tadbirkorlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyat turlarini solishtirish va keyinchalik ularning ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.

“Gazeta.uz” O‘zbekistonda yakka tartibdagi tadbirkor maqomi nimani anglatishini, uni qanday olish va qanday imtiyozlar berishi haqida ma’lumot bergan.