O‘zbekiston Markaziy banki 2023-yilning uchinchi choragi uchun iste’mol kayfiyati indeksini (IKI) taqdim etdi.

Iste’mol kayfiyati indeksi — har oy o‘lchanadigan va e’lon qilinadigan iste’molchilar ishonchi ko‘rsatkichi. U ikki qismdan iborat: iste’molchilarning joriy iqtisodiy vaziyatni baholashi va ularning kutilmalari. Iste’mol kayfiyati aholi iste’molni qanchalik ko‘paytirish/kamaytirishga tayyorligini ko‘rsatadi. Tadbirkorlar iste’molchilarning kayfiyati va ularning xarid qilish niyatlaridan kelib chiqib, marketing va reklamani tashkil etish uchun ishlab chiqarish, import yoki sotish rejalarini eng samarali tarzda tuzishlari mumkin bo‘ladi.

iste’mol kayfiyati, марказий bank

Ko‘rsatkich o‘tgan chorakka nisbatan 2,2 punktga kamayib, 24,3 ga (o‘tgan yilning uchinchi choragidagi ko‘rsatkich) tushdi. So‘rov natijalari uy xo‘jaliklarining daromadlari o‘sgani, jamg‘armalar va xarajatlarga moyilligi yil davomida biroz oshganini ko‘rsatdi.

Ijobiy iste’mol kayfiyatining saqlanib qolishiga aholi real daromadlarining o‘sishi, iqtisodiyotdagi yuqori iste’mol talabi va qishloq xo‘jaligidagi daromadlarning mavsumiy o‘sishi yordam berdi, deb ta’kidladi Markaziy bank.

iste’mol kayfiyati, марказий bank

Uchinchi chorak xarajatlari va kelajakdagi xarajatlar. Manba: Markaziy bank

Respondentlarning ta’kidlashicha, uchinchi chorakda ular asosan avtomobil sotib olishga (18,2%), ta’limga (15,8%) va davolanishga (11%) sarflagan.

So‘rovlar boshlanganidan buyon ta’lim ilk marotaba aholining kelgusi xarajatlari tarkibida birinchi o‘rinni egalladi (15,3%). Kelgusida respondentlar uyni ta’mirlash (10,6 foiz), avtomobil sotib olish (9,8 foiz) va boshqa xarajatlarga (9,7 foiz) ham sarflashni rejalashtirmoqda.

Tahlillarga ko‘ra, so‘nggi yillarda o‘z mablag‘ini maishiy texnika va sayohatga sarflayotganlar ulushi ortib bormoqda. Ushbu tendensiya bizga ushbu tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab kelajakda ortib borishi haqida xulosa qilish imkonini beradi, deb kutmoqda regulyator.

To‘y-hashamlarga sarflangan mablag‘ning 5,1 foizdan 7,8 foizga oshishi mavsumiylik bilan, ta’limga ko‘p sarflanishi esa aholining bilim olishga ko‘proq mablag‘ sarflayotgani bilan izohlanadi.

iste’mol kayfiyati, марказий bank

Kreditlarga bo‘lgan talab o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 0,6 foiz bandiga, o‘tgan chorakka nisbatan esa 1,5 foiz darajaga kamaydi.

So‘rovda qatnashganlar orasida daromadi 2 mln so‘mgacha, 7−10 mln so‘m va 10 mln so‘mdan yuqori bo‘lganlargina yaqin oylarda kredit olishni rejalashtirganishganini bildirishgan, qolgan barcha guruhlarda esa kreditga talab pasaygan. Ma’lumot uchun: yanvar-iyun oylarida jismoniy shaxslarga berilgan kreditlar hajmi 2022-yilning birinchi yarmiga nisbatan 73 foizga oshgan.

Maoshi 7−10 mln so‘m va 10 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan shaxslar kelajakda daromadlar o‘sishiga optimistik qarasa, eng past daromadli respondentlar (2 mln so‘mgacha) kelajakda daromadlarini oshirishga ko‘proq pessimistik qarashadi.

Respondentlarning aksariyati (74%) yaqin uch yilda O‘zbekistondagi iqtisodiy vaziyat yaxshilanishini kutmoqda.