Uzum milliy raqamli ekotizimi yilning asosiy savdolaridan birining birinchi kuni natijalari bilan bo‘lishdi: 11-noyabr kuni buyurtmalar soni 2022-yilga qaraganda 15 barobar oshdi, o‘zbekistonliklar esa ekotizim servislarida jami 130 mingdan ortiq buyurtma berishdi. Uzum Market milliy bozorida 24 soat ichida o‘zbekistonliklar 18 tonnadan ortiq kungaboqar yog‘i, 12 tonna kir yuvish kukuni, 10 ming banka konservalangan makkajo‘xori, shuningdek, 1500 dan ortiq smartfon sotib oldilar. Shuningdek, Uzum Market`dagi mashhur tovarlar qatoriga elektronika, kiyim-kechak va aksessuarlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari kirdi.

Samarqandlik ayol tomonidan buyurtma qilingan “Yosh rassomning to‘plami” katta savdoda xarid qilingan birinchi tovar bo‘ldi. Qimmat buyurtma — 78 mln so‘mlik to‘rtta smartfon va vafli qolipi — Yangiyo‘lga yetkazib berildi, kattasi esa — 165 ta turli tovarlar, jumladan, idishlar, o‘yinchoqlar, ta’mirlash buyumlari, kiyim-kechak va mahsulotlar — bir kun ichida samarqandlik xaridorga yetib borgan.

“Bu yilda asosiy o‘zgarish — millionlab o‘zbekistonliklarning odatlari. Savdo boshlanishidan bir hafta oldin bizning foydalanuvchilarimiz savdoning birinchi soatlarida buyurtma berish uchun savatlariga tovarlarni faol qo‘shishni boshladilar. Agar o‘tgan yili o‘zbekistonliklar onlayn xarid qilishni endigina o‘zlashtirishni boshlab, qimmat bo‘lmagan tovarlar va kurer orqali yetkazib berishni afzalroq ko‘rgan bo‘lsalar, bu safar buyurtmalarning 98 foizini tarqatish punktlariga, mashhur tovarlar orasida esa — smartfonlar, elektronika, maishiy texnika. Shu bilan birga, foydalanuvchilarimiz tomonidan olingan buyurtmalarning qariyb 45 foizi Uzum Nasiya`dan muddatli to‘lovga rasmiylashtirilgan — jumladan 30 dan ortiq kir yuvish mashinasi va 300 ta smartfonni o‘z ichiga olgan”, — dedi Uzum Market bosh direktori Ilshat Xametov.

Uzum Market katta savdosida jami 130 mingga yaqin noyob tovar nomlari 80% gacha chegirmalar bilan taqdim etilgan. 11.11 savdosida faol buyurtmalar Toshkent, Samarqand, Farg‘ona va Buxoro aholisi tomonidan berilgan. Shu bilan birga, Toshkentda uy-ro‘zg‘or buyumlari, idish-tovoq, kiyim-kechak va aksessuarlarga ko‘proq buyurtma berildi, viloyatlarda esa smartfonlar, mahsulotlar va uy kimyoviy moddalariga talab katta bo‘ldi.

Bugungi kunda Uzum Market`da o‘z tovarlarini mamlakat bo‘ylab 6500 dan ortiq tadbirkor va kompaniyalar sotmoqda, Uzum Market milliy marketpleysi geografiyasi 72 ta aholi punktini qamrab olgan. Kelgusi yilda 10 mingdan ortiq aholisi bo‘lgan O‘zbekistonning barcha aholi punktlarida milliy marketpleysning 1000 dan ortiq buyurtma tarqatish punktlari faoliyat yuritadi.

Reklama huquqlari asosida.