Jamiyat

Mehnat migrantlariga past stavkadagi kreditlar ajratiladi
17 avgust 2020, 20:24

Mehnat migrantlariga past stavkadagi kreditlar ajratiladi

Prezident mehnat migrantlariga yo‘l haqi, patent va sug‘urta xarajatlari uchun 10 million so‘mgacha past stavkada kreditlar ajratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi filiallari xorijiy ish beruvchilar bilan bevosita shartnoma tuzish, migratsiya xizmatlari bilan muzokaralar o‘tkazish huquqiga ega bo‘ladi.

Sug‘urtasiz avtomobillarni jarima maydoniga qo‘ymaslik to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi
17 avgust 2020, 19:24

Sug‘urtasiz avtomobillarni jarima maydoniga qo‘ymaslik to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqildi

Deputatlar transport vositalari egalarining o‘z fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilmaganligi uchun transport vositasini jarima maydonida majburiy ushlab turish amaliyotini bekor qilishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqishdi.

Farg‘ona vodiysida «Technovation Girls» onlayn treninglariga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
17 avgust 2020, 18:00

Farg‘ona vodiysida «Technovation Girls» onlayn treninglariga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi

«Technovation Girls» xalqaro dasturi O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi va BMTning «Farg‘ona vodiysi yoshlarining ijtimoiy uyg‘unligi» loyihasi bilan birgalikda Andijon, Namangan va Farg‘onadagi qizlar va ularning ustozlari uchun bepul onlayn treninglarida qatnashish bo‘yicha arizalarni 20 avgustga qadar qabul qiladi. Dastur 4 oylik onlayn-mashg‘ulotlardan iborat bo‘ladi.

Pandemiya davridagi ijtimoiy yordam to‘g‘risida
17 avgust 2020, 17:00

Pandemiya davridagi ijtimoiy yordam to‘g‘risida

«Temir daftarga» kiritilgan aholining muhtoj guruhlari davlat tomonidan mahallalar orqali moddiy yordam olishmoqda. Sub’ektiv yondashuv va korrupsiogen (korrupsiyani keltirib chiqaruvchi) omillarning oldini olgan holda ijtimoiy yordam sifatini qanday yaxshilash mumkin — Dilmurod Yusupov maqolasida.

13 yoshli abituriyent yoshini kichraytirganlikda gumon qilinmoqda
17 avgust 2020, 15:23

13 yoshli abituriyent yoshini kichraytirganlikda gumon qilinmoqda

Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun bo‘lib o‘tgan onlayn qabulda eng yosh deb tan olingan 13 yoshli abituriyent yoshini kichraytirganlikda gumon qilinmoqda. Uning aslida 16 yosh ekanligi aniqlandi.

Hafta boshida havo bulutli va yomg‘irli bo‘ladi
17 avgust 2020, 15:03

Hafta boshida havo bulutli va yomg‘irli bo‘ladi

Haftaning ilk kunlarida O‘zbekistonda qisqa muddatli yog‘ingarchiliklar kuzatilishi va haroratning biroz pasayishi kutilmoqda. Haftaning ikkinchi yarmida havo biroz bulutli bo‘ladi va harorat +37 darajagacha ko‘tariladi.

O‘zbekiston hududida shu yilning o‘zida uch mingdan ortiq YTH sodir etilgan
17 avgust 2020, 12:23

O‘zbekiston hududida shu yilning o‘zida uch mingdan ortiq YTH sodir etilgan

2020 yilning 7 oyi davomida respublika hududida 3012 ta YTH sodir etilgan. Ularning 808 tasi o‘lim bilan yakunlangan.

«O‘zbekistonda 100 ming aholi soniga 67 nafar mahkum to‘g‘ri keladi» — Ichki ishlar vaziri
17 avgust 2020, 11:20

«O‘zbekistonda 100 ming aholi soniga 67 nafar mahkum to‘g‘ri keladi» — Ichki ishlar vaziri

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov hozirda jazoni ijro etish tizimida 22,9 ming nafar mahkum saqlanishini, har 100 ming aholi soniga nisbatan 67 nafar shaxs to‘g‘ri kelishini ma’lum qildi. Jazoni ijro etish tizimidagi koloniyalarning sig‘imiga nisbatan saqlanayotganlar ko‘rsatkichi 56,4 foizni tashkil qilmoqda. Vazir endilikda jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari soni, ularning yuridik manzillari, saqlanayotgan shaxslar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar endi maxfiy hisoblanmasligini ta’kidladi.

Video, foto: O‘zbekistonda Havo floti kuni nishonlandi
17 avgust 2020, 09:33

Video, foto: O‘zbekistonda Havo floti kuni nishonlandi

O‘zbekistonda Havo floti kuni nishonlandi. Xonabod va Chirchiqdagi aerodromlarda Mudofaa vazirligining Havo hujumidan mudofaa va Harbiy havo kuchlari ko‘rgazmali mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

17−30 avgust kunlari amalga oshiriladigan charter reyslari ro‘yxati e’lon qilindi
15 avgust 2020, 23:31 2

17−30 avgust kunlari amalga oshiriladigan charter reyslari ro‘yxati e’lon qilindi

17−30 avgust kunlari 23 ta charter reys orqali xorijdagi fuqarolar evakuatsiya qilinadi.

«7 oyda 12 mingdan ziyod haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan» — Po‘lat Bobojonov
15 avgust 2020, 18:35

«7 oyda 12 mingdan ziyod haydovchi transport vositasini mast holda boshqargan» — Po‘lat Bobojonov

Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov O‘zAga bergan intervyusida joriy yilning 7 oyida 12 mingdan ziyod haydovchining transport vositasini mast holda boshqargani aniqlanganini ma’lum qildi. Vazir YTHlarda qotillikka nisbatan 5 barobar ko‘p odam halok bo‘lganini aytdi.

Rossiyadan 40 nafar shifokor O‘zbekistonga keladi
15 avgust 2020, 14:34

Rossiyadan 40 nafar shifokor O‘zbekistonga keladi

COVID-19 bemorlarini davolash bo‘yicha tajribaga ega 40 nafar rossiyalik shifokor yakshanba kuni O‘zbekistonga keladi. Ular orasida anesteziolog-reanimatologlar, infeksionistlar, epidemiologlar va terapevt-shifokorlar bor.

O‘zbekiston karantindan oldin. Yonas Astrupning foto-hikoyalari
15 avgust 2020, 11:25

O‘zbekiston karantindan oldin. Yonas Astrupning foto-hikoyalari

O‘zbekistonda karantindan oldingi hayot xorijlik nigohida. Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekistondagi bosh texnik maslahatchisi, havaskor fotosuratchi Yonas Astrup mamlakat bo‘ylab o‘z sayohatini ko‘rsatadi.

Salat tayyorlaymiz
15 avgust 2020, 10:30

Salat tayyorlaymiz

Zira.uz tez tayyorlanadigan, foydali va mazali salatlar retseptlarini taqdim etadi. Ular jazirama yoz vaqtida yaxshi hazm bo‘lib, kechki ovqatga yaxshi qo‘shimcha bo‘ladi.

OTMlarda to‘lov-kontraktlar miqdori 10 foizga pasaytiriladi
14 avgust 2020, 20:40

OTMlarda to‘lov-kontraktlar miqdori 10 foizga pasaytiriladi

O‘zbekiston OTMlarida to‘lov-kontraktlar miqdori 10 foizga pasaytiriladi. Pandemiya sharoitida talabalarni qo‘llab-quvvatlash chegirmalar bilan cheklanib qolmaydi.

Toshkentda avtobus va mashrutkalar faoliyati ham 15 avgustdan qayta tiklanadi
14 avgust 2020, 20:13

Toshkentda avtobus va mashrutkalar faoliyati ham 15 avgustdan qayta tiklanadi

Toshkentda 15 avgustdan jamoat transporti, jumladan avtobus va yo‘nalishli taksilar (mashrutkalar) faoliyati qayta tiklanadi. Toshkent viloyatida ham avtobus qatnovlariga ruxsat beriladi.

Toshkent metropoliteni 15 avgustdan ishga tushadi
14 avgust 2020, 18:52

Toshkent metropoliteni 15 avgustdan ishga tushadi

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, Toshkent metropoliteni 15 avgustdan ishga tushiriladi. Metroda niqob taqish va ijtimoiy masofa saqlash qoidalariga rioya qilish jiddiy nazorat qilinadi.

Qoraqalpog‘istonda mast haydovchi ikki bolaning o‘limiga sababchi bo‘ldi
14 avgust 2020, 17:55

Qoraqalpog‘istonda mast haydovchi ikki bolaning o‘limiga sababchi bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonda mast haydovchi velosipedda ketayotgan 11 va 12 yoshli ikki bolani urib yubordi. Bolalar voqea joyida vafot etdi.

Xorijda ishga joylashtirganlik uchun xizmat haqini ish beruvchi to‘laydigan bo‘ldi
14 avgust 2020, 17:42 8

Xorijda ishga joylashtirganlik uchun xizmat haqini ish beruvchi to‘laydigan bo‘ldi

Chet elda ishga joylashtirish bo‘yicha xizmat haqini ish qidirayotgan emas, ish beruvchi to‘laydigan bo‘ldi.

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi quruq va mo‘’tadil issiq havo oqimi ta’sirida bo‘ladi
14 avgust 2020, 17:00

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi quruq va mo‘’tadil issiq havo oqimi ta’sirida bo‘ladi

Dam olish kunlari mamlakat hududida havo vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Janubda harorat 40 darajagacha ko‘tariladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting