13 avgust kuni soat 14:45 atrofida Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanida Nexia-2 haydovchisi Sh. K. (1986 yilda tug‘ilgan) velosipedda harakatlanib kelayotgan ikki bolani urib yubordi, deya xabar berdi IIB DYHXX matbuot xizmati.

YTH 4R 181 avtomobil yo‘lining 2-kilometrida yuz bergan. Avtomobilni mast holda va yuqori tezlikda boshqarib ketayotgan haydovchi ushbu yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan velosiped haydovchisi R. G. (2009) va velosiped yo‘lovchisi Sh. N. (2010) larni urib yuborgan. Bolalar olingan og‘ir tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etishgan.

YTH yuzasidan Amudaryo tumani IIB TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.