Avgust oyining uchinchi yakshanbasi O‘zbekiston Havo floti kuni sifatida nishonlanadi, deya xabar qildi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati"Gazeta.uz»ga.

Xonobod va Chirchiq aerodromlarida ko‘rgazmali mashg‘ulot ham o‘tkazildi. Ularda ko‘p funksiyali Mi-8 va AS 350 vertolyotlari, Mi-28 zarba vertolyoti, shuningdek, Su-25 hujum va MiG-29 qiruvchilari qatnashdi, deya aniqlik kiritdi vazirlik matbuot xizmati.

Mudofaa vazirligi rahbariyati vakillari, Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi mas’ul ofitserlari harbiy uchuvchilarni yod etish monumentiga tashrif buyurib, marhum uchuvchilar xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligining bir guruh harbiy xizmatchilariga navbatdagi harbiy unvonlar, Mudofaa vazirligining «Namunali xizmati uchun» ko‘krak nishoni, faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Video

Foto