Jamiyat

DXX 2020 yilda O‘zbekistonda ikkita teraktning oldini oldi
5 aprel 2021, 11:32

DXX 2020 yilda O‘zbekistonda ikkita teraktning oldini oldi

2020 yilda Davlat xavfsizlik xizmati organlari to‘rtta teraktning oldini oldi, ulardan ikkitasi O‘zbekistonda, yana ikkitasi MDH mamlakatlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi. Bundan tashqari, 67 ta yashirin guruh faoliyatiga chek qo‘yildi, 594 ta qurol noqonuniy muomaladan chiqarildi.

Andijonda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
5 aprel 2021, 10:08

Andijonda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Andijon viloyati Shahrixon tumanida 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. 2 kishi jarohatlandi.

Namanganda bog‘cha tarbiyalanuvchisi issiq suvdan kuyib vafot etdi
5 aprel 2021, 09:19

Namanganda bog‘cha tarbiyalanuvchisi issiq suvdan kuyib vafot etdi

Namangan viloyatidagi maxsus bog‘cha tarbiyalanuvchisi issiq suv jo‘mragini ochib yuborishi natijasida 70% kuyish tan jarohatidan vafot etdi. Bola aqliy rivojlanishi orqada qolish tashxisi bilan tarbiyalanib kelgani ma’lum bo‘lgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonlik talabalarga Rossiyaga qaytishga ruxsat berildi
4 aprel 2021, 21:05

O‘zbekistonlik talabalarga Rossiyaga qaytishga ruxsat berildi

Rossiya hukumati yana oltita mamlakat, shu jumladan O‘zbekistondan bo‘lgan talabalarga o‘qishlarini davom ettirishlari uchun mamlakatga qaytib kelishiga ruxsat berdi. Buning uchun bir qator qoidalar belgilangan.

30 ming dollar evaziga prokuraturaga ishga joylashni va’da qilgan shaxs ushlandi
4 aprel 2021, 17:07

30 ming dollar evaziga prokuraturaga ishga joylashni va’da qilgan shaxs ushlandi

Prokuratura organlariga ishga joylashtirishni va’da qilgan shaxs so‘ralgan 30 ming dollardan 5 ming dollarini olayotganida qo‘lga olindi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, haykaltarosh Yakov Shapiro vafot etdi
4 aprel 2021, 03:47

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, haykaltarosh Yakov Shapiro vafot etdi

Taniqli haykaltarosh Yakov Iosifovich Shapiro 83 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. U Toshkentdagi Maksim Gorkiy, Shota Rustaveli, Hamid Olimjon haykallari, bir qator arxitektura-haykaltaroshlik ansambllari, xususan, «Kosmonavtlar» metro stansiyasidagi kompozitsiya va boshqa yodgorliklar ijodkori hisoblanadi.

SSV soxta «tabiblar» ta’siriga tushib qolishdan ogohlantirdi
3 aprel 2021, 16:35 1

SSV soxta «tabiblar» ta’siriga tushib qolishdan ogohlantirdi

Internetda asli iroqlik, kurd millatiga mansub Mullo Mahmud Hasan Aliy Kalak Kurdistoniyning O‘zbekistonga kelgani haqidagi xabarlar tarqaldi. SSV soxta «tabiblar» ta’siriga tushib qolishdan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Narkotik moddalari reklamasi haqida Telegram-bot orqali xabar berish mumkin
3 aprel 2021, 15:40

Narkotik moddalari reklamasi haqida Telegram-bot orqali xabar berish mumkin

AOKA va Ichki ishlar vazirligi narkotik moddalar reklamasi haqida xabar berish mumkin bo‘lgan Telegram-botni ishga tushirdi. Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning uchta tumanida «bu kabi reklamalar ko‘payib ketgani» haqida xabar tarqalgan edi.

Xitoy-o‘zbek vaksinasining nojo‘ya ta’sirlari qanday bo‘lishi mumkin?
3 aprel 2021, 14:52 1

Xitoy-o‘zbek vaksinasining nojo‘ya ta’sirlari qanday bo‘lishi mumkin?

Xitoy-O‘zbekiston hammuallifligidagi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini olganlarda isitma, allergik reaksiyalar va ukol qilingan joyda qizarish kuzatilishi mumkin, deya ma’lum qildi innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari.

YPX xodimiga hujum qilmoqchi bo‘lgan haydovchi 15 sutkaga qamaldi
3 aprel 2021, 12:35

YPX xodimiga hujum qilmoqchi bo‘lgan haydovchi 15 sutkaga qamaldi

Toshkent viloyatida haydovchi qizil chiroqqa o‘tib ketganligi uchun uni to‘xtatgan YPX hodimiga hujjatlarni ko‘rsatishdan bosh tortgan. Ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilganda, haydovchi inspektorga tosh bilan hujum qilmoqchi bo‘ladi. Fuqaroga nisbatan 15 sutka qamoq jazosi belgilandi.

Toshkentda Spark va Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
3 aprel 2021, 11:08

Toshkentda Spark va Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Yunusobod tumanida Spark hamda Lacetti to‘qnashdi. Spark ag‘darilishi oqibatida haydovchisi shifoxonaga olib ketilgan.

Nima tayyorlaymiz: pastalar
3 aprel 2021, 10:30

Nima tayyorlaymiz: pastalar

Pasta faqatgina makaron va go‘shtdan iborat bo‘ladi deb o‘ylaydiganlar uchun Zira.uz 6 xil mazali pasta retseptlarini taqdim etadi.

Farg‘onada Milliy gvardiya xodimi xizmat mashinasida urib yuborgan piyoda vafot etdi
3 aprel 2021, 00:36

Farg‘onada Milliy gvardiya xodimi xizmat mashinasida urib yuborgan piyoda vafot etdi

Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi xizmat avtomobilida piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi olgan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.

O‘zbekistonliklar qaysi vaksinani tanlamoqda? (foto)
2 aprel 2021, 21:40

O‘zbekistonliklar qaysi vaksinani tanlamoqda? (foto)

1 apreldan O‘zbekistonda COVID-19 infeksiyasiga qarshi emlash jarayonlari boshlandi. «Gazeta.uz» muxbiri Toshkent shahri va viloyatidagi bir qancha emlash punktlariga tashrif buyurib, aholining vaksina bo‘yicha fikrlarini o‘rgandi. Kimdir xitoy-o‘zbek vaksinasi ishonchliroq desa, boshqa birovga AstraZeneca ma’qul, yana kimdir esa «Sputnik V elita qatlami uchun», degan fikrda.

2021 yilning yanvar-mart oylarida respublika bo‘yicha deyarli 60 mingta nikoh qayd etilgan
2 aprel 2021, 18:24

2021 yilning yanvar-mart oylarida respublika bo‘yicha deyarli 60 mingta nikoh qayd etilgan

2021 yilning yanvar-mart oylari holatiga respublika bo‘yicha 59 754 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Hududlar kesimida tuzilgan nikohlar soni bo‘yicha Samarqand (6 723 ta), Farg‘ona (5 900 ta) va Toshkent viloyatlari (5 459 ta) yetakchi bo‘ldi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi ishlab chiqarish sexlarida yong‘in yuz berdi
2 aprel 2021, 16:43

Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi ishlab chiqarish sexlarida yong‘in yuz berdi

2 aprel kuni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ikkita yong‘in sodir bo‘ldi. Poytaxtning Yakkasaroy tumanidagi poyabzal ishlab chiqarish sexi hamda Zangiota tumanidagi deraza va eshiklarni ishlab chiqarish sexi yonib ketdi.

Toshkentda baykshering tizimi joriy etiladi
2 aprel 2021, 16:27

Toshkentda baykshering tizimi joriy etiladi

Poytaxtning 4 ta nuqtasida velosipedlarni ijaraga beradigan bike sharing tizimi sinov tariqasida yo‘lga qo‘yiladi. Bundan tashqari, umumiy uzunligi 606 km bo‘lgan velosiped yo‘laklarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Samarqandda Cobalt yuk mashinasiga urildi. 2 kishi vafot etdi
2 aprel 2021, 15:50

Samarqandda Cobalt yuk mashinasiga urildi. 2 kishi vafot etdi

Narpay tumanida Cobalt «KAMAZ» ning orqasidan kelib urishi natijasida 2 kishi vafot etdi. 3 nafari tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Samarqandni bir millionli shahar qilib, uning tarkibida beshta tuman qilmoqchimiz — Erkinjon Turdimov
2 aprel 2021, 14:35

Samarqandni bir millionli shahar qilib, uning tarkibida beshta tuman qilmoqchimiz — Erkinjon Turdimov

Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Samarqand 2021 yil oxiriga qadar aholisi bir milliondan oshadigan shaharga aylanishini ma’lum qildi. Hokim «millioner shahar"larning o‘z statusi borligini, buning ahamiyatiga ham to‘xtalib, O‘zbekistondan aholisi ikki barobar kam bo‘lgan Qozog‘istonda uchta «millionli» shahar borligini misol qilib keltirdi.

Yakshanba kuni respublikaning barcha hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
2 aprel 2021, 14:05

Yakshanba kuni respublikaning barcha hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Shanba kuni respublika hududlarida havo iliq bo‘ladi. Yakshanba kuni esa barcha hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda shamol 17−22 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 8−13 daraja iliqni tashkil etadi, kunduzi 11−16° iliqdan yuqori bo‘lmaydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting