Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-mart oylari holatiga respublika bo‘yicha 59 754 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10 243 taga ko‘p.
Hududlar kesimida tuzilgan nikohlar soni:
- Samarqand — 6 723 ta;
- Farg‘ona — 5 900 ta;
- Toshkent vil. — 5 459 ta;
- Qashqadaryo — 5 223 ta;
- Surxondaryo — 4 893 ta;
- Xorazm — 4691 ta;
- Toshkent shahri — 4 717 ta;
- Andijon — 4 434 ta;
- Namangan — 4 190 ta;
- Qoraqalpog‘iston — 4 178 ta;
- Buxoro — 3 894 ta;
- Jizzax — 2 388 ta;
- Navoiy — 1 528 ta;
- Sirdaryo — 1 536 ta.
Ma’lumot uchun, 2020 yilda karantin cheklovlari joriy etilgan davr mobaynida Toshkent shahrining o‘zidagi FHDYO organlari tomonidan 3270 ta nikoh qonuniy qayd etilgan edi.