Bugun, 2 aprel kuni soat 14:34 da Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani Qushbegi ko‘chasida joylashgan poyabzal ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi (video). Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uch daqiqadan kamroq vaqt ichida yong‘in sodir bo‘lgan joyga Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining beshta o‘t o‘chirish va qutqaruv brigadasi yetib keldi.

Ob’ektning tahminan 200 kv.m maydonida sodir bo‘lgan yong‘in 40 daqiqadan kamroq vaqt ichida to‘liq bartaraf etildi.

Hodisa oqibatida jarohat olganlar va qurbonlar yo‘q.

Xuddi shunday voqea Toshkent viloyatining Zangiota tumanida, deraza va eshiklar ishlab chiqarish sexida sodir bo‘lgan. Yong‘in u yerda soat 14:51 da boshlangan.

Sexdagi yong‘in 300 kvadrat metr maydonni qamrab olgan. Yettita qutqaruv mashinalari tomonidan yong‘in soat 15:45 da o‘chirildi. Xabarda ko‘ra, u yerda jabrlanganlar yo‘q.