Samarqand — Buxoro yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan «KAMAZ» avtomashinasining orqa tomonidan shu yo‘nalishda kelayotgan Cobalt avtomashinasi kelib urib, YTH sodir etgan. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Voqea 29 mart tunggi soat 1:30 da Narpay tumani Chorbog‘ MFYdan o‘tuvchi yo‘lida sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida Cobalt ichida bo‘lgan 5 nafar fuqarodan 3 nafari tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Yana 2 nafari, haydovchi va bir yo‘lovchi voqea joyida vafo etgan.