3 aprel kuni soat 15:40larda, Andijon viloyati Shahrixon tumanida 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda YHXBB matbuot xizmati.

YTHda Cobalt, Nexia 3, Lacetti, Damas ishtirok etgan. Hodisa natijasida Cobalt haydovchisi va Damas yo‘lovchisi jarohat olgan. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan Shahrixon tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, to‘qnashuv sabablariga oydinlik kiritilmoqda.

Foto: YHXBB