Juma kuni O‘zbekistonga Eron hududidan iliq havo kirib kelishi boshlanadi, havo 12−17° iliqgacha isiydi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Ertaga iliq havoning kirib kelishi kuchayadi, kechasi harorat 0−5° iliqni tashkil etadi, kunduzi harorat 19−22° iliqgacha ko‘tariladi, bu aprel oyi boshidagi o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlaridan 2−3° yuqoridir. Respublika bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat shimoliy hududlar bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Yakshanba kuni nam havo massasi respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi. Barcha joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, ba’zi joylarda shamol 17−22 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 8−13 daraja iliqni tashkil etadi, kunduzi 11−16° iliqdan yuqori bo‘lmaydi. Shimoliy hududlarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir va momaqaldiroq bilan kuzatiladigan atmosfera fronti kechqurun bo‘lib o‘tadi.

Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysida kechasi va kunduzi 5 aprelda yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 4−5 aprelda yomg‘ir yog‘ishi kuchli bo‘ladi, buning hisobiga ushbu hududlarda sel kelishi mumkin.

Shuningdek, O‘zgidrometning ogohlantirishicha, 2−4 aprelda Toshkent va Namangan viloyatlarining 1600 m dan yuqori tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.