Toshkent shahar Yunusobod tumanida Spark hamda Lacetti rusumli avtomobillar to‘qnashib, YTH sodir etdi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa 2 aprel soat 18:00larda, Buyuk Turon va Zarafshon ko‘chalari kesishgan chorrahada sodir bo‘lgan.

Zarb oqibatida Spark avtomobili ag‘darilgan va ushbu avtomobil haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.