«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda 6 xil mazali pastalar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Vegetariancha pasta


Vegetariancha pastani tayyorlashdan osoni yo‘q. Va bu faqatgina pomidor qaylali spagetti bo‘lishi shart emas. Makaronlar barcha sabzavotlar bilan a’lo darajada uyg‘unlashadi.

Qaymoq va qo‘ziqorinli qaylada pishirilgan pasta


Taomni yanada mazali qiladigan tarkibidan biri bu albatta qaylasidir. Qaymoq va qo‘ziqorinli qaylada pishirilgan pasta tez tayyorlanib, taomnomangizni yangilashga xizmat qiladi.

Tovuq va brokkoli bilan pishirilgan pasta


Mazali, to‘yimli va asosysi esa foydali. To‘liq donli pasta bilan tayyorlangan bunday taomdan so‘ng organizm kerakli vitamin va minerallarga ega bo‘ladi.

Pomidor va tunets balig‘idan tayyorlangan pasta


Ajoyib, ishtahaochar tomat sousida pishgan, tunets balig‘idan tayyorlangan italyan pastasi retsepti. Sousli makaronlar tez va oson pishadigan taomlardan biri bo‘lgani uchun, tushlikka nima tayyorlashni bilmay turganlarga asqotishi aniq.

Tovuq va baqlajondan pishirilgan pasta


Ishtahaochar, juda xushbo‘y va mazali makaronlarni bugun tovuq va baqlajonlardan tayyorlaymiz. Bu taomni bir marotaba tayyorlab ko‘rsangiz bas, so‘ng uni qayta va qayta yegingiz kelaveradi. Bunday taomni tayyorlash juda oson bo‘lib, ko‘p masalliq ham talab etilmaydi.

Pomidor va ismaloq qo‘shib tayyorlanadigan pasta


Har kuni go‘shtli taomlar tayyorlashdan charchadingizmi? Unda bugungi retseptimizga nazar tashlang. Go‘shtsiz, ammo juda mazali taom.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauztot
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15