Jamiyat

Bolalar taomnomasi: kichkintoylarga nima tayyorlaymiz
12 iyun 2021, 10:30

Bolalar taomnomasi: kichkintoylarga nima tayyorlaymiz

Rangli chuchvara, tovuqli kabobchalar, muzqaymoq va pechenelar — Zira.uz bolalar uchun tayyorlasa bo‘ladigan qiziqarli va mazali taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.

11 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
11 iyun 2021, 20:30

11 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

USAID missiyasi birinchi direktorining O‘zbekistonga yetib kelishi, Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifining ikkinchi kuni, OTMlarga yangi rektorlar tayinlanishi, Kattaqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosarining vafoti — “Gazeta.uz"ning 11 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Kattaqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari YPX xodimlari tomonidan ushlanish vaqtida vafot etdi
11 iyun 2021, 17:37

Kattaqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari YPX xodimlari tomonidan ushlanish vaqtida vafot etdi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari YPX xodimlari tomonidan qo‘lga olinish paytida vafot etdi. Huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanovning ta’kidlashicha, inspektorlar unga nisbatan kuch ishlatgan. Ichki ishlar vazirligi esa soliqchini kasalxonaga olib borishga urinish paytida sog‘lig‘i keskin yomonlashganini ta’kidlamoqda.

“Ma'lumotlarni taqdim etishni maqsadga muvofiq emas deb hisoblaymiz” — IIV
11 iyun 2021, 16:07

“Ma'lumotlarni taqdim etishni maqsadga muvofiq emas deb hisoblaymiz” — IIV

Ichki ishlar vazirligi O‘zbekistondagi zo‘ravonlikka qarshi Nemolchi.uz loyihasiga mamlakatda qiynoqqa solish, jismoniy va ruhiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq moddalar bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyatlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotni berishdan bosh tortdi. “So‘ralgan ma’lumotlarni taqdim etishni maqsadga muvofiq emas deb hisoblaymiz”, — deyiladi IIV javobida.

Qozon federal universiteti O‘zbekistonda o‘z filialini ochadi
11 iyun 2021, 14:57

Qozon federal universiteti O‘zbekistonda o‘z filialini ochadi

Jizzax viloyatida Rossiyaning eng qadimgi universitetlaridan biri — Qozon federal universitetining filiali ochiladi. Tegishli bitim dushanba kuni Qozonda, O‘zbekiston delegatsiyasining tashrif chog‘ida imzolandi. Mazkur universitetda hozirgi kunga kelib, 300 ta yo‘nalish bo‘yicha ta’lim beriladi.

Navoiyda 1 gektar yerni 20 ming dollarga sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi
11 iyun 2021, 14:32

Navoiyda 1 gektar yerni 20 ming dollarga sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi

Navoiy viloyatida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchun 1 gektar yerni 20 ming dollar evaziga olib bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingani aytilmoqda. Viloyatdagi yana bir holatda, fermer o‘ziga tegishli maydondan 6 gektarini 90 mln so‘mga pullashga urindi. Ularga nisbatan jinoyat ishi ochildi.

2 ta OTMga rektor tayinlandi
11 iyun 2021, 12:27

2 ta OTMga rektor tayinlandi

Bahodirjon Shermuhammadov Farg‘ona davlat universitetiga va Dilnoza Xodjayeva Qo‘qon davlat pedagogika institutiga rektor tayinlandi.

Dam olish kunlari quruq va o‘rtacha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
11 iyun 2021, 12:08

Dam olish kunlari quruq va o‘rtacha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Dam olish kunlari respublika bo‘yicha asosan quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning ayrim hududlarida shamol ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 17−22 m/s gacha kuchayadi.

Ekologiya qo‘mitasi Amudaryo katta kurakburunining ovlanayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
11 iyun 2021, 11:48

Ekologiya qo‘mitasi Amudaryo katta kurakburunining ovlanayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Ekologiya qo‘mitasining ma’lum qilishicha, «Qizil kitob» ga kiritilgan 10 dona Amudaryo katta kurakburun baliq turiga kvota ajratilgan. Biroq, Amudaryo katta kurakburuni baliq turini ovlashga ruxsat berish bo‘yicha ariza kelib tushmagan va ruxsatnoma ham rasmiylashtirilmagan.

“Bek baraka” bozorida firibgarlikda gumonlangan 6 nafar shaxs qo‘lga olindi
11 iyun 2021, 11:08

“Bek baraka” bozorida firibgarlikda gumonlangan 6 nafar shaxs qo‘lga olindi

“Bek baraka” bozorida savdo qiluvchilardan shu joyda ishlashi uchun har oyda 100 dollar miqdorida tovon puli talab qilib, shu yo‘l bilan savdo qiluvchilardan jami 9 mln so‘m miqdorda pul olganlikda gumonlangan 6 nafar shaxs qo‘lga olindi. Ular savdo qiluvchilarga talab bajarilmagan taqdirda savdo rastasi faoliyatini cheklash bilan tahdid qilishgan.

Samarqandda terroristik guruhlar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan 14 kishi ushlandi
11 iyun 2021, 10:50

Samarqandda terroristik guruhlar safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan 14 kishi ushlandi

Samarqandda Suriya va Yaqin sharqdagi terroristik tashkilotlar jangarilari safiga borib qo‘shilishni rejalashtirgan 14 nafar shaxslardan iborat guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

USAID missiyasi birinchi direktori O‘zbekistonga yetib keldi
11 iyun 2021, 10:30

USAID missiyasi birinchi direktori O‘zbekistonga yetib keldi

Mikaela Meredit o‘tgan yili ochilgan AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) ning O‘zbekistondagi missiyasi birinchi direktori bo‘ldi.

«Turkish Airlines» Istanbuldan Urganchga ilk parvozini amalga oshirdi
11 iyun 2021, 09:50

«Turkish Airlines» Istanbuldan Urganchga ilk parvozini amalga oshirdi

Istanbul — Urganch — Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha «Turkish Airlines» aviakompaniyasining ilk parvozi amalga oshirildi. Endilikda parvozlar haftada bir marotaba, juma kuni bo‘lishini rejalashtirilgan.

Toshkentda Lacetti haydovchisi qizil chiroqda to‘xtab turgan yuk avtomobiliga urilishi oqibatida vafot etdi
11 iyun 2021, 09:35

Toshkentda Lacetti haydovchisi qizil chiroqda to‘xtab turgan yuk avtomobiliga urilishi oqibatida vafot etdi

Poytaxtning Chilonzor tumanida Lacetti avtomobili svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan yuk mashinasiga urildi. Lacetti haydovchisi olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etdi.

10 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
10 iyun 2021, 20:30

10 iyun kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga tashrifi, O‘zbekistonga olib kelingan vaksinalar, avtobuslar ishtirokidagi YTHlar statistikasi, Jasur Umirovning ozod etilishi, 15 mln so‘mga ruchka xarid qilinishi — “Gazeta.uz"ning 10 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.

«Xalqaro nufuzga loyiq bo‘lishi shart». Mudofaa vazirligi 30 mlnlik ruchkalar haqida
10 iyun 2021, 18:58

«Xalqaro nufuzga loyiq bo‘lishi shart». Mudofaa vazirligi 30 mlnlik ruchkalar haqida

Mudofaa vazirligi 30 mln so‘mlik ikkita oltin ruchka xaridi haqidagi xabarga munosabat bildirdi. Unda aytilishicha, vazirlikning kanselyariya jihozlarini yangilashga ehtiyoj paydo bo‘lgan. «Xalqaro tadbirlarda qo‘llaniladigan ashyolar xalqaro nufuzga loyiq darajada bo‘lishi shart, deya hisoblanadi», deyiladi vazirlik xabarida. Bunga qadar, vazirlik vakili anglashilmovchilik bo‘lgani va vazirlik 15 mln so‘mga tilla ruchka olishday dabdabaga o‘ch emasligini aytgandi.

Jasur Umirovning jazosi yengillashtirilib, ozod qilindi
10 iyun 2021, 18:08

Jasur Umirovning jazosi yengillashtirilib, ozod qilindi

Xonanda Jasur Umirovga nisbatan chiqarilgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi ozodlikni cheklash jazosiga o‘zgartirildi. U 2 fevral kuni voyaga yetmagan qizni zo‘rlagani sabab 5 yilga qamalgan edi.

O‘zbekiston Botkenda 400 va 300 o‘rinli qishloq maktablarini quradi
10 iyun 2021, 17:30

O‘zbekiston Botkenda 400 va 300 o‘rinli qishloq maktablarini quradi

O‘zbekiston ko‘magi bilan Qirg‘izistonning Botken va Leylek tumanlarida 400 va 300 o‘rinli maktablar quriladi. Ular 2021 yilda — yangi o‘quv yiliga qadar foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.

Sud raislari uchun 10,1 mlrd so‘mga Kodiaq va Malibu avtomobillari xarid qilindi
10 iyun 2021, 17:20

Sud raislari uchun 10,1 mlrd so‘mga Kodiaq va Malibu avtomobillari xarid qilindi

Viloyat sudlari raislari uchun 26 ta Skoda Kodiaq va 3 ta Malibu avtomobillari xarid qilindi. Avtomobillar narxi 10,1 mlrd so‘mga teng deya baholanmoqda. Oliy sudning izohlashicha, oldingi xizmat avtomobillarining «yaroqlilik muddati o‘tgan, shuningdek ular ma’naviy va jismoniy jihatdan ham eskirgan».

Yerga oid prezident farmonidan eng muhim o‘zgarishlar
10 iyun 2021, 16:14 1

Yerga oid prezident farmonidan eng muhim o‘zgarishlar

Shavkat Mirziyoyev yerga bo‘lgan huquqni bozor aktiviga aylantirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hokimiyatlar yerlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish, zaxiralash, obodonlashtirishga ajratish va boshqa vakolatlaridan mahrum etiladi. Yerga bo‘lgan huquqlarning turlari 6 dan 3 gacha qisqartiriladi. Yer uchastkalari xususiy sektorga mulk huquqi va ijara huquqi asosida, davlat tashkilotlariga esa doimiy foydalanish huquqi asosida beriladi. «Gazeta.uz» ushbu farmon bo‘yicha barcha muhim o‘zgarishlarni taqdim etadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting