«Gazeta.uz» pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda bolalar uchun tayyorlasa bo‘ladigan qiziqarli va mazali taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Rangli chuchvaralar


Rang-barang chuchvaralar dasturxonga o‘zgacha ko‘rk berib, kayfiyatni ko‘tarib, ishtahani ochib yuboradi.

«Konfetka» pechenesi


Ushbu pechene uchun shakarsiz xamir tayyorlanadi, ammo yong‘oqli shirin nachinka buni to‘ldiradi va biz noodatiy ta’mga ega bo‘lamiz.

Tayoqchalarda pishirilgan tovuqli kabobchalar


Tayoqchalarda pishirilgan tovuqli kabobchalar bolalarning eng sevimli taomlaridan biridir. Ushbu taom ovqatlanishdan bosh tortadigan bola uchun ajoyib topilma bo‘la oladi.

Uyda tayyorlangan xot-doglar


Sizga eng sevimli amerikancha fast-fudni uyda tayyorlashni taklif etamiz. Mazali xot-dogni nonushta yoki kechki ovqat uchun tayyorlash mumkin.

Banan va rezavor mevalardan muzqaymoq


Banan va rezavor mevalardan tayyorlaniladigan bu muzqaymoq juda mazali bo‘lib, hech bir mashhur brendli muzqaymoq unga tenglasha olmaydi.

Pankeykchalar


Bunday pankeyklarni nonushta paytida sut qo‘shib, yong‘oq va rezavor mevalar bilan birga iste’mol qilsa ham bo‘ladi. Bunday nonushtadan na kattalar, na kichkintoylar bosh torta oladi.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauztot
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15