Mudofaa vazirligi 30 mln so‘mga ikkita premium toifadagi oltin bilan qoplangan ruchka sotib олишни rejalashtirayotgani haqidagi xabarga rasmiy munosabat bildirildi.

Vazirlik axborot xizmati «Gazeta.uz»ga Mudofaa vazirligi fuqarolarning soliq to‘lovchi pozitsiyasidan turib bildirayotgan fikrlarini hurmat qilishi va bunga bee’tibor emasligini ma’lum qildi.

Munosabatda so‘nggi yillarda O‘zbekiston va xorijiy davlatlar o‘rtasida harbiy va harbiy-texnik sohalardagi hamkorlik rivojlanib, aloqalar tobora kengayib borayotgani, ushbu hamkorlik asosini mustahkamlash borasida bir qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar imzolanayotgani qayd etilgan.

«Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va xorijiy davlatlar mudofaa idoralari bilan o‘zaro hamkorlik bitimlari haqidagi muhim hujjatlarni imzolash rasmiy tadbirlarida foydalanib kelingan kanselyariya jihozlarini yangilashga ehtiyoj paydo bo‘lgan va ularning foydalanish muddati yakuniga yetmoqda», — deyiladi xabarda.

Shu bois, kelgusida Mudofaa vazirligi rahbariyati ishtirokidagi xorijlik hamkorlar bilan amalga oshiriladigan protokol tadbirlarini yuqori saviyada tashkillashtirish va Mudofaa vazirligi nufuzini saqlash maqsadida istiqbolda xalqaro miqyosdagi taniqli firmalarning kanselyariya ashyolaridan foydalanish rejalashtirilgani ta’kidlangan.

«Ya’ni xalqaro tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi rasmiy vakillari tomonidan foydalanish uchun qo‘llaniladigan ashyolar xalqaro nufuzga loyiq darajada bo‘lishi shart, deya hisoblanadi», deyiladi Mudofaa vazirligi munosabatida.

Ta’kidlanishicha, shu maqsadda mazkur turdagi mahsulotlarni yetkazib beruvchi mahalliy tadbirkorlarning takliflarini o‘rganish uchun vazirlik ishlar boshqarmasi tomonidan davlat xaridlari portalida ruchka xarid qilinishi haqidagi e’lon joylashtirilgan.

«Shuni alohida ta’kidlash joizki, e’londa ko‘rsatilgan narx yakuniy to‘xtam emas, balki bozor qoidalariga ko‘ra tadbirkorlik va mahsulot yetkazib berish bilan shug‘ullanadigan korxona va tashkilotlarning mahsulot va narxlar bo‘yicha barcha takliflari o‘rganiladi, tanlov asosida yakuniy xulosaga kelinadi», deyilgan xabarda.

Huddi shunday talablarga javob bera oladigan boshqa firmalarga tegishli mahsulotlar taklifi ham o‘rganib chiqilishi qayd etilgan.

Vazirlik axborot xizmati qo‘shimcha qilishicha, «ijtimoiy tarmoq faollari va davlatimiz byudjeti sarfiga befarq bo‘lmagan barcha yurtdoshlarimiz bilishini istardikki, ushbu mahsulot vazirlikning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan xarid qilinishi ko‘zda tutilgan».

Xabar so‘nggida, Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qism, muassasa va bo‘linmalar qoshida xo‘jalik hisobida faoliyat yurituvchi ishlab chiqarish korxonalari hamda yordamchi xo‘jaliklar (issiqxona, baliqchilik, asalarichilik, chorvachilik, bog‘dorchilik, ekin maydonlari) mavjud bo‘lib, ular vazirlikning byudjetdan tashqari mablag‘larini shakllantiradigan asosiy manbalar hisoblanishi aytib o‘tilgan.

Avvalroq, Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Bahrom Zulfiqorov Kun.uz`ga bergan изоҳида tanlovga qo‘yilgan ruchkaning ta’rifida va narxida anglashilmovchilik bo‘lganини aytgan edi. Ya’ni, aslida tilla rangli ruchkaga buyurtma berilgan bo‘lgan va bu noto‘g‘ri tushunilib, tilla qoplangan ruchkaga buyurtma berib yuborilgan va 15 mln so‘mlik narx ham shunga monand taxminan belgilangan.

Bahrom Zulfiqorov vazirlik 15 mln so‘mga tilla ruchka olishday dabdabaga o‘ch emasлигини ham ta’kidlagan. U shuningdek, anglashilmovchilikka tez orada chek qo‘yilishini bildirgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, tilla rangli ruchkalardan vazirlikning xalqaro munosabatlar doirasidagi tadbirlarida foydalanish mo‘ljallangan va bunday ruchkalar narxi bozorda 100 ming so‘m ham turmaydi.