O‘zbekiston prezidenti dushanba — 22 avgust kuni Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi. Qolaversa, AQSh Kongressi a’zolari Trent Kelli va Derin Laxudni qabul qilishi rejalashtirilgan. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov dushanba kungi brifingda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz” muxbiri.

“Hafta davomida amalga oshirilayotgan qurilish va ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar bilan tanishish maqsadida prezidentimizning, xususan, Samarqand viloyatiga tashriflari ham rejalashtirilgan”, — dedi u.

Bundan tashqari, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishiga bag‘ishlangan yig‘ilish hamda videoselektorlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.