O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga qilgan davlat tashrifi davomida mamlakat podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudni «Oliy darajali Imom Buxoriy» ordeni bilan mukofotladi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur orden yaqinda — 15 avgust kuni ta’sis etilgan bo‘lib, Salmon bin Abdulaziz ushbu mukofotga sazovor bo‘lgan birinchi inson bo‘ldi.

Orden bilan ilm-fan va madaniyat, jumladan, islom ma’rifati rivojiga hissa qo‘shgan buyuk alloma va mutafakkirlarning hayoti va ilmiy merosini o‘rganish hamda targ‘ib qilishda katta yutuqlarga erishgan fuqarolar mukofotlanadi.