Andijon viloyati Jalaquduq tumani hokimi lavozimiga Latipov Xikmatillo Abdulxamidovich tayinlandi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Jalaquduq tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Furqatjon Buzrukov Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiya qaroriga muvofiq egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

Tayinlovga qadar Xikmatillo Latipov O‘zbekiston Hisob palatasining Qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash va xarajatlarni tahlil qilish axborot-tahlil sho‘’basi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar viloyatning Asaka, Xo‘jaobod tumanlariga ham yangi hokimlar tayinlangan edi.