Andijon viloyati Asaka tumani va Sirdaryo viloyati Shirin shahriga yangi hokimlar tayinlandi. Bu haqdagi tegishli xabarlarni mos ravishda Andijon viloyati hokimligi va «Yuksalish» umumiilliy harakati matbuot xizmatlari xabar berishdi.

Xabar qilinishicha, 4 mart kuni Andijon viloyati Asaka tumani hokimi lavozimiga tayinlangan Inomjon Mamadaliyev ishdan bo‘shatilgan. Uning o‘rniga Mansurbek Alixanov tayinlandi.

Mansurbek Alixanov tayinlovga qadar Andijon viloyati Jalaquduq tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.


Foto: Andijon viloyati hokimligi axborot xizmati.

Shuningdek, «Yuksalish» umummilliy harakati Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari bo‘lib ishlab kelayotgan Sarvarbek Sultonov Sirdaryo viloyati Shirin shahriga hokim etib tayinlandi.

Shirin shahrining sobiq hokimi A.Xojimatovning qaysi lavozimga o‘tgani hozircha ma’lum emas.

Foto: «Yuksalish» umumiilliy harakati matbuot xizmati.