Senat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 291-moddasiga kiritilayotgan o‘zgartishni ma’qulladi. Bu haqda Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar berdi.

Prezidentning «Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga ko‘ra Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 291-moddasiga o‘zgartirishi kiritish taklifi berilgan edi. Senat o‘zgartishni ma’qulladi.

Unga ko‘ra, qonun kuchga kirgach, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi yonida bo‘lmagan haydovchilar transport vositalarini boshqarganda ularning avtotransport vositalarini ushlab turish (jarima maydonchasiga qo‘yish) tartibi bekor qilinadi.

Qonun prezident imzolab, matbuotda e’lon qilingach kuchga kiradi.