Oliy Majlis Senati o‘ninchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasining Pokiston Islom Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi tayinlash to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Ushbu lavozimga Oybek Arifbekovich Usmanov tayinlandi.

1962 yilda Toshkentda tug‘ilgan Oybek Usmanov 1985 yili Toshkent Davlat universitetining Sharqshunoslik fakultetini tugatgan.

U 2013 yil yanvar oyidan beri O‘zbekistonning Misr va Iordaniyadagi elchisi, shuningdek, 2020 yil may oyidan O‘zbekistonning Marokashdagi elchisi lavozimida ishlab kelgan.