«Dunyo» xabariga ko‘ra, 1 yanvardan O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Ilhomjon Ne’matov Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Ijroiya qo‘mitasi raisi — Ijrochi kotibining o‘rinbosari vazifasini bajarishga kirishadi.

Ilhomjon Ne’matov Namangan viloyatida tug‘ilgan. Farg‘ona politexnika instituti va Moskvadagi Diplomatik akademiyani tugatgan.

1992 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib kelmoqda. U tizimda Konsullik boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimida ish boshlagan. Turli yillarda O‘zbekistonning Hindiston, Rossiya, AQSHdagi elchixonalariga rahbarlik qilgan, Tashqi ishlar vazirligining maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi, tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.