Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonunга o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi hujjat loyihasiни jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qildi.

Hujjatga muvofiq, korrupsiya to‘g‘risida axborot berayotganlarning shaxsi sir saqlanishi, o‘zi va yaqin qarindoshlarining ijtimoiy-huquqiy himoya qilinishi davlat tomonidan kafolatlanadi. Bu borada tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalarni qonunning 28-moddasiga kiritish taklif etilmoqda. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar davlat sirini tashkil etadi va oshkor qilinishi mumkin emas. Qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasno.

Loyihaga ko‘ra, korrupsiya to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarga, shuningdek ularning yaqin qarindoshlariga zo‘rlik ishlatish yoki mol-mulkini yo‘q qilish bilan haqiqatda tahdid qilinayotganligidan dalolat beruvchi yetarli ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda, korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini amalga oshiruvchi organlar ularning hayoti, sog‘lig‘i, sha’ni, qadr-qimmati va mol-mulkini himoya qilish yuzasidan zarur choralar ko‘rishi shart.

Shuningdek, Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarga va ularning yaqin qarindoshlariga ularning korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot taqdim etganligi tufayli tajovuz qilish qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarni rag‘batlantirish Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, Ushbu moddaning qoidalari korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida bila turib yolg‘on axborot bergan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi, ular qonunga muvofiq javobgar bo‘ladi.

Qonun loyihasi muhokamasi 2021 yil 8 yanvarga qadar davom etadi.