O‘zbekiston hukumati 23 dekabr kuni ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining ommaviy axborot vositalari va bloglarda qoldiradigan izohlari uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan qarorni qabul qildi.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yildagi «Butunjahon internet tarmog‘ida axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 707-sonli qaroriga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi hujjat «Internet tarmog‘ida «ommaviy axborot monitoringini takomillashtirish» va «axborot sohasidagi shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish» maqsadida qabul qilindi.

Bildirishnoma elektron shaklda yuboriladi. Unda taqiqlangan ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan sahifaga havola, sahifaning skrinshoti, shuningdek, qonunni buzganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.

Xabarnoma olgan resurs egasi yoki blogger ko‘rsatilgan ma’lumotlarni 24 soat ichida o‘chirib tashlashi va bu haqda vakolatli organga elektron yoki qog‘oz shaklida xabar berishi shart.

Agar ma’lumotlar o‘chirilmasa, AOKA yoki Ommaviy aloqa markazi ushbu messenjer ma’muriyatiga yoki da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilishi mumkin.

Belgilangan tartib O‘zbekiston hududida kirish imkoni bo‘lgan barcha axborot resurslariga taalluqlidir.

Shuni ta’kidlash joizki, qonunchilikda ommaviy axborot vositalari va bloggerlarning foydalanuvchilari tomonidan berilgan sharhlar uchun javobgarligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozilmagan. Hozirgacha ular 2014 yilda imzolangan «Axborotlashtirish to‘g‘risida"gi qonunning 12−1-moddasi bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin edi (YeXHT keyinchalik ushbu modda so‘z erkinligi va ommaviy axborot vositalarining erkinligini cheklaydi deb baholagandi).

Ta’kidlash joizki, ushbu masalalarda qonunchilikdagi bo‘shliqlar bo‘yicha jurnalist va bloggerlar bir necha marotaba o‘z xavotirlarini bildirishgan edi. Xususan, o‘tgan yilning yozida AOKAda OAV vakillari va blogerlar ishtirokida Internet-resurs egalarining kuzatib boruvchilari tomonidan berilgan sharhlar uchun javobgarligi masalasi muhokama qilingan edi.

Ta’qiqlangan xabarlarga nimalar kiradi:

  • mavjud konstitutsiyaviy tuzumni, O‘zbekiston Respublikasining hududiy yaxlitligini zo‘ravonlik bilan o‘zgartirishga chaqirish;
  • urush, zo‘ravonlik va terrorizm, shuningdek diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm g‘oyalarini targ‘ib qilish;
  • davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirlarni oshkor qilish;
  • milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni qo‘zg‘atadigan, shuningdek, fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini yoki ishbilarmonlik obro‘sini kamsitadigan, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘yadigan ma’lumotlarni tarqatish;
  • giyohvandlik vositalari, ularning psixotrop moddalar va prekursorlarning o‘xshashlarini targ‘ib qilish;
  • pornografiyani targ‘ib qilish;
  • qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikka olib keladigan boshqa harakatlarni sodir etish