Mamlakatda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida shartnoma «deyarli tayyor holatga keltirilgan», faqat texnik jihatlari qolmoqda, deb xabar berdi Rossiyaning Toshkentdagi elchisi Vladimir Tyurdenev 21 dekabr kuni jurnalistlarga.

Shuningdek, V.Tyurdenev hozirda qo‘shimcha masalalar ustida ish olib borilayotganligini ta’kidladi. Xususan, AES uchun suv sarfini kamaytirish masalasi muhokama qilinayotganligi aytildi.

Ma’lumot uchun, AES qurilishi bo‘yicha shartnomani qabul qilish 2019 yilning oxiriga rejalashtirilgan edi. 2020 yilning boshida esa Jizzax viloyatidagi Tuzkon ko‘li yaqinidagi maydonchada qurilish ishlari boshlanishi kerak edi.