O‘zbekiston bosh vazirining qaroriga asosan Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi («O‘zkomnazorat») boshlig‘i G‘olibsher Ziyayev noto‘g‘ri va kelishilmagan hatti-harakatlari uchun egallab turgan vazifasidan chetlatildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

«Ro‘y bergan holat yuzasidan tergov-surishtiruv harakatlari olib boriladi», — deyiladi xabarda.

G‘olibsher Ziyayev 2020 yilning sentabr oyida «O‘zkomnazorat» rahbari lavozimiga tayinlangan edi.

Bugun «O‘zkomnazorat» Telegram, YouTube, Instagram, Facebook, Odnoklassniki`ning O‘zbekistondagi faoliyatini cheklangan edi.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Keyinroq prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov «„O‘zkomnazorat“ tomonidan bir yoqlama, uzoqni o‘ylamay qilgan harakati haqida prezident xabar topgani» haqida xabar berdi.