Toshkentliklar changli tuman tufayli shifoxonalarga murojaat qilmoqda

Toshkentdagi changli tuman tufayli nafas olish muammosi bilan kamida uch kishi Respublika allergiya markazi va 1-shahar kasalxonasiga murojaat qildi. Allergiya va nafas olish muammolari bo‘lgan odamlarga uyda qolish, derazalarni yopish va xonalarni namlantirish tavsiya etiladi.

Shavkat Mirziyoyev inauguratsiyasi 6 noyabr kuni bo‘lishi kutilmoqda

O‘zLiDeP partiyasidan O‘zbekiston prezidenti etib qayta saylangan Shavkat Mirziyoyev inauguratsiyasi 6 noyabr kuni Senatning yangi binosida bo‘lishi kutilmoqda.

SSV nafas qisishi bilan bog‘liq shikoyatlar soni ortganini ma’lum qildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi “Tez yordam” xizmatiga bo‘lgan jami chaqiriqlar soni 3 noyabrdagi 3433 tadan 4 noyabrda 4082 taga yetgani, 678 kishi nafas qisishidan shikoyat qilganini bildirdi. Vazirlik aholiga changli havoda niqob taqish, allergik va astma kasalligi bor bemorlarga tashqariga chiqmaslikni tavsiya qildi.

Hududlarda 35 kg dan ortiq giyohvand moddalarning noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi

DXX va Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Jizzax, Toshkent, Samarqand va Andijon viloyatlarida jami 17 kg 165 gr “opiy” va 18 kg 279 gr “gashish” giyohvand moddalarining muomalasiga chek qo‘yildi.

Toshkentning ayrim tumanlarida ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatildi

“Qodiriya” bosh suv inshootidagi nosozlik tufayli poytaxtning ayrim tumanlarida ichimlik suvi ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda. Jumladan, avariya oqibatida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ikkita qozonxonaga sovuq suv kelishi to‘xtagan va tuman aholisi ta’minotsiz qolgan.

“O‘zbekneftgaz” London fond birjasiga $700 mlnlik xalqaro obligatsiyalarni joylashtiradi

“O‘zbekneftgaz” noyabr oyida London fond birjasiga 700 mln dollarlik qiymatdagi xalqaro obligatsiyalarni joylashtiradi. Undan tushgan mablag‘lar esa jamiyat ehtiyojlariga sarflanadi.

Samarqandda Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan shaxslar to‘xtatib qolindi

Samarqandda DXX terroristik tashkilot tarafdorlari sifatida gumon qilingan 10 nafar shaxsning Suriya davlatiga chiqib ketishining oldini oldi. Ular ijtimoiy tarmoqlarda “jihod"ga chorlovchi materiallarni muntazam ravishda tarqatib kelgani aytilmoqda.

Milliy bog‘da ikkinchi ko‘l ham quritildi. Uning o‘rniga teatr qurilmoqda

Milliy bog‘da Qonunchilik palatasi binosi yonidagi ko‘l quritilib, uning o‘rniga Milliy akademik drama teatrining yangi binosi qurilmoqda. Bunga qadar ko‘ldagi orolchada tomosha minorasi bo‘lgan Light House restoran majmuasini barpo etish mo‘ljallanayotgan edi. “Gazeta.uz” qurilish joyiga borib, vaziyatni o‘rgandi.

Changli tuman qanday paydo bo‘ldi va u qancha davom etadi? “O‘zgidromet” javoblari

Chang bo‘ronlar O‘zbekiston va mintaqada tez-tez uchrab turadigan holat. Ammo hozirda respublika bo‘ylab kuzatilayotgan changli tuman g‘ayrioddiy ekanligi qayd etildi. U sekin tarqalmoqda va ertagacha davom etishi mumkin, deb xabar berdi “O‘zgidromet” “Gazeta.uz"ga. Markaz mamlakatdagi keng ko‘lamli qurilish ishlari ushbu hodisaning paydo bo‘lish sabablaridan biri ekanligini tasdiqladi.

Toshkentda 13 yil oldin davlat ehtiyoji uchun buzilgan uy-joyning zarari xanuz qoplanmagan

Toshkent shahrida davlat ehtiyoji uchun 13 yil oldin buzilgan uylar o‘rniga uy-joy yoki kompensatsiya pullari bugungi kunga qadar to‘lab berilmagan. Deputat Rasul Kusherbayevning ta’kidlashicha, “bu harakat davlatning o‘z fuqarosi oldida xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash majburiyatini bajarmayotganini ko‘rsatmoqda”.

Yana bir sayyohlik kompaniyasining mijozlari parvoz kechikishiga duch kelishdi

Payshanba kuni Moskvaga parvoz kechikishi sababli Urganch aeroportida 300 ga yaqin odam yig‘ildi. Uzbekistan Airports sayyohlik kompaniyasi kerakli hujjatlarni o‘z vaqtida tayyorlamagani haqida xabar berdi. iFly Airlines samolyoti kechki payt yetib keldi.

O‘zbekistonda 150 yil ichida bunday hodisa kuzatilmagan — “O‘zgidromet” changli tuman haqida

Kuchli shamollar tufayli mavsumga xos bo‘lmagan chang-g‘ubor xodisalari yuzasidan “O‘zgidromet” hududlar kesimidagi tafsilotlarni e’lon qildi. Markaz 150 yil davomida bunday holat ilgari kuzatilmagani qayd etdi. Payshanba oqshomida havodagi changning ruxsat etilgan miqdoridan oshib ketishi 30 baravarga yetdi, keyin esa 10 baravarga tushdi.

Energetika vazirligi — gaz narxidagi tafovutni qoplash uchun budjetdan ajratilgan 1 trln so‘m haqida

2020 yil yakuniga ko‘ra, “O‘ztransgaz” tomonidan iste’molchilarga yetkazib berilayotgan 1000 kub metr tabiiy gazning qiymati gazning o‘rtacha narxidan 90 ming so‘mga qimmatroq bo‘ldi. Buning oqibatida 3,6 trln so‘mlik zarar vujudga kelgan. Shu munosabat bilan davlat budjetidan 1 trln so‘mlik subsidiya ajratilmoqda, deya tushuntirdi Energetika vazirligi.

9 oyda O‘zbekistonga 1,2 mlnga yaqin turist tashrif buyurgan

9 oy ichida O‘zbekistonga 1,2 mln nafarga yaqin xorijiy sayyohlar tashrif buyurgan, 273 mln dollarlik turizm xizmatlari ko‘rsatilgan. Shuningdek, ushbu davrda turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 6,5 mlrd so‘m miqdorida subsidiya ajratilgan.

“Gazeta.uz"da chiqqan fotomateriallar:

Foto: Toshkentni chang-qumli tuman qopladi

Toshkent ko‘chalari va ulardagi obyektlar ustini chang qopladi. U kiyimlarga ham o‘tirib qolmoqda, qolaversa, binolar ichida ham sezilayapti. Poytaxtdagi chang-qumli tumandan fotoreportaj.

Fotoreportaj: Chang tumanida qolgan tonggi Toshkent

Toshkentga qumli tuman olib kelgan shamol to‘xtadi, ammo chang havoda saqlanib turmoqda. Poytaxt ko‘chalari sariq rangga burkangan. Noodatiy ob-havo hodisasi haqidagi fotoreportaj — “Gazeta.uz” muxbiri Yevgeniy Sorochin obyektivida.

Fotoreportaj: Toshkentda changli tuman. Ikkinchi kun

Payshanba kuni Toshkentni qoplagan chang-qumli tuman hali ham tarqalgani yo‘q va prognozlarga ko‘ra, yaqin kunlarda ham davom etadi. “Gazeta.uz” muxbiri poytaxtning diqqatga sazovor joylaridan Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi binolari, Amir Temur haykali va boshqa joylarni suratga oldi.