O‘zbekiston prezidenti etib O‘zLiDeP partiyasidan qayta saylangan Shavkat Mirziyoyev 6 noyabr, shanba kuni o‘z lavozimiga kirishi kutilmoqda, deb xabar berdi TASS. Ushbu ma’lumotni «Gazeta.uz» manbasi ham tasdiqladi.

Xabarga ko‘ra, inauguratsiya Senatning yangi binosida bo‘lib o‘tadi.

Marosimda MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev Shavkat Mirziyoyevga prezidentlik guvohnomasini topshirishi kutilmoqda.

Qasamyod qabul qilganidan so‘ng, unga shu yil oktabr oyida ta’sis etilgan prezident rasmiy belgisi va shtandarti ham topshiriladi.