8 noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Avstriyaning Yevropa va tashqi ishlar federal vaziri Mixael Linxart bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda TIV matbuot xizmati.

Uchrashuvda so‘nggi yillarda tomonlarning konstruktiv hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga intilishi natijasida erishilayotgan ijobiy sur’at mamnuniyat bilan qayd etildi, deyiladi bayonotda.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Avstriya Yevropa va tashqi ishlar federal vazirligi o‘rtasida 2022−2023 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi.

Tomonlar siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni faollashtirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Shuningdek, Afg‘onistonda yuzaga kelayotgan vaziyat, uning mintaqaviy va xalqaro barqarorlikka ta’siri yuzasidan fikr almashildi.