Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Shuhrat Sadikov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimidan ozod etildi. Bu haqdagi ma’lumot juma kuni Axborot vazirligi saytida paydo bo‘ldi. Farmonning sanasi ko‘rsatilmagan, biroq bir kun avval prezident Adminstratsiyasiga yaqin bo‘lgan «Nigoh» Telegram-kanal bu haqda yozgan edi.

Shuhrat Sadikov (1969 y.t)) 2018 yil avgustidan beri vazir lavozimida ishlab kelgan. Bungacha — 2017 yil avgustidan — prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi rahbari edi. Bungacha — 2010 yildan — Vazirlar Mahkamasi Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan. 2006−2008 yillarda «O‘zbektelekom» kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari, 2008−2010 yillarda mazkur kompaniyaga rahbarlik qilgan.



Milliy axborot agentligi (O‘zA) bosh direktori o‘rinbosari Xushnudbek Xudoyberdiyev ham o‘zining Telegram-kanalida bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan 4 noyabr kuni imzolangan bosh vazir maslahatchisi — IT-texnologiyalarni rivojlantirish telekommunikatsiya va innovatsion faoliyatni rivojlantirish departamenti rahbari Olimjon Umarovni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi hukumat qarori nusxasini ham e’lon qildi Bu haqda «Nigoh» nashri ham xabar bergan edi.

Olimjon Umarov (1985 y.t.) 2020 yil may oyida hukumat rahbari maslahatchisi lavozimiga tayinlangan edi. 2017 yil iyun oyidan boshlab AKTni rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. Milliy universitet (2007) va Janubiy Koreyaning Songyungvan universitetini (2017) tamomlagan. 2006−2012 yillarda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining UZINFOCOM Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazida turli lavozimlarda ishlagan. 2012 yilda O‘zMAA Axborot tizimlari va axborot resurslari bo‘limiga rahbarlik qilgan. 2012−2017 yillarda vazirlikning AKT departamentini boshqargan.

Ikkala holatda ham iste’folar sabablari ham oshkor etilmagan. «Nigoh» kanalida 3 noyabr kuni Telegram, YouTube, Instagram, Facebook, Odnoklassniki`ning O‘zbekistondagi faoliyatini cheklash bilan bog‘liq kechagi voqea sabab bo‘lgani haqida ta’kidlagan.

«Ko‘rilayotgan choralarning keskinligi shuni ko‘rsatmoqdaki, prezident tartib va intizomni buzgan, mas’uliyatsizlik qilgan va o‘zboshimchalik bilan harakat qilgan har qanday amaldorni lavozimida ortiqcha ushlab o‘tirmaydi», — deb «Nigoh» o‘z bahosini bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, o‘sha kuni «O‘zkomnazorat» davlat inspeksiyasi «Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida»gi qonun talabiga ko‘ra, bir nechta internet-resurslarni shaxsiy ma’lumotlar subyektlarining huquqlarini buzuvchilar reyestriga kiritgan edi. Shu kuni prezident topshirig‘iga ko‘ra, inspeksiya rahbari G‘olibsher Ziyayev lavozimidan ozod etildi.