Siyosat

Aksilkorrupsiya organini tashkil etish masalalari muhokama qilindi
11 fevral 2020, 21:24

Aksilkorrupsiya organini tashkil etish masalalari muhokama qilindi

Prezident ishtirokidagi yig‘ilishda aksilkorrupsiya organini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Korrupsiya darajasi yuqori bo‘lgan sohalar uchun korrupsiyaga qarshi dasturlarni ishlab chiqish va davlat organlarida komplayens nazorat tizimini joriy etish belgilandi.

2020 yilgi davlat dasturi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi
11 fevral 2020, 17:32

2020 yilgi davlat dasturi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi

«Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» davlat dasturi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

O‘zbekiston yadroviy-energetika dasturi xavfsizligini xalqaro ekspertlar o‘rganadi
11 fevral 2020, 00:11

O‘zbekiston yadroviy-energetika dasturi xavfsizligini xalqaro ekspertlar o‘rganadi

Xalqaro atom energetikasi agentligi Yadroviy infratuzilmasini kompleks ko‘rib chiqish bo‘yicha missiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Energetika vaziri agentlik rahbariyati bilan Venada uchrashdi.

O‘zbekistonning AQSH «qora ro‘yxati»dan chiqish shartlari ma’lum qilindi
6 fevral 2020, 20:48

O‘zbekistonning AQSH «qora ro‘yxati»dan chiqish shartlari ma’lum qilindi

AQSH elchisi O‘zbekistonga savdo imtiyozlari, turli davlat kreditlari berilmayotganiga sharh berdi. Uning aytishicha, O‘zbekistonning «qora ro‘yxat»dan chiqib ketish yo‘llari bor.

AQSH Markaziy Osiyoga harbiy tashkilot tuzishni taklif etmagan — elchi
6 fevral 2020, 19:02

AQSH Markaziy Osiyoga harbiy tashkilot tuzishni taklif etmagan — elchi

AQSH Markaziy Osiyo davlatlariga harbiy tashkilot tuzish taklifini bildirmagan, dedi elchi Daniyel Rozenblyum. Rossiya nashrlari esa Vashington mintaqa davlatlari bilan shunday tashkilot tuzishini xabar qilgandi.

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
6 fevral 2020, 18:45

Mirzo Ulug‘bek tumani hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Bobir Jo‘rayev Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Sevara Husanova esa hokim o‘rinbosari, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.

AQSH Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi strategiyasini taqdim etdi
6 fevral 2020, 13:56

AQSH Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi strategiyasini taqdim etdi

AQSH Markaziy Osiyo bo‘yicha 2019−2025 yillarga mo‘ljallangan yangi strategiyasini e’lon qildi. Mintaqa davlatlarining mustaqilligini mustahkamlash, Afg‘onistonning Markaziy Osiyoga integratsiyasi va inson huquqlari sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish uning asosiy tamoyillaridan hisoblanadi.

Akmal Saidov Parlamentlararo ittifoq Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi
5 fevral 2020, 12:30

Akmal Saidov Parlamentlararo ittifoq Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi

Akmal Saidov 179 davlatni birlashtirgan jahon parlamentlarining xalqaro organi — Parlamentlararo ittifoq Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi.

24 soat emas, aql bilan ishlash kerak — Ruslanbek Davletov
4 fevral 2020, 23:28

24 soat emas, aql bilan ishlash kerak — Ruslanbek Davletov

Adliya vazirligida xizmat kompyuterlari ish kuni yakunlangach, avtomatik ravishda o‘chirilmoqda. Rahbariyat xodimlarning mehnat soatidan tashqari ishxonada qolib ketishiga qarshi kurashmoqchi. Vazir shu masala haqida gapirib berdi.

Xitoy elchixonasi Pompeoning Toshkentdagi so‘zlarini tanqid qildi
4 fevral 2020, 15:24

Xitoy elchixonasi Pompeoning Toshkentdagi so‘zlarini tanqid qildi

Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi Maykl Pompeoning Toshkentda aytilgan so‘zlariga e’tirozini bildirdi. Elchixona fikricha, AQSH davlat kotibi Pekinga tuhmat va yolg‘onlarni tarqatmoqda.

Shavkat Mirziyoyev va Maykl Pompeo hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
4 fevral 2020, 09:36

Shavkat Mirziyoyev va Maykl Pompeo hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston prezidenti va AQSH davlat kotibi Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda strategik sheriklik va amaliy hamkorlik munosabatlarini har tomonlama mustahkamlashga ikki tomonning intilishi qat’iy ekanini ta’kidladi.

AQSH O‘zbekiston mustaqil qaror qabul qilish tarafdori — Maykl Pompeo
3 fevral 2020, 23:29

AQSH O‘zbekiston mustaqil qaror qabul qilish tarafdori — Maykl Pompeo

AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekistonning mo‘tadil tashqi siyosat yuritishini e’tirof etdi, ammo boshqa davlatlar istagi bilan qaror qabul qilmaslikka chaqirdi. Shuningdek, u AQSHning mintaqadagi maqsad va vazifalarini ochiqladi.

Prezident Tramp Markaziy Osiyoga nisbatan yangi strategiyani e’lon qiladi — Pompeo
3 fevral 2020, 19:01

Prezident Tramp Markaziy Osiyoga nisbatan yangi strategiyani e’lon qiladi — Pompeo

AQSH davlat kotibi Tramp ma’muriyati AQSHning Markaziy Osiyoga nisbatan yangi strategiyasi ustida ish olib borayotganini bildirdi. U tez orada e’lon qilinadi.

AQSH O‘zbekistonga ko‘proq iqtisodiy ko‘mak berishini ma’lum qildi
3 fevral 2020, 18:52

AQSH O‘zbekistonga ko‘proq iqtisodiy ko‘mak berishini ma’lum qildi

AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri bilan yopiq eshiklar ortida muloqot o‘tkazdi. Qo‘shma bayonot vaqtida diplomatlar iqtisodiy hamkorlik masalalariga katta urg‘u berishdi. Pompeo diniy erkinlik va inson huquqlariga ham to‘xtaldi.

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga hamdardlik bildirdi
2 fevral 2020, 09:57

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

Shavkat Mirziyoyev koronavirus tarqalishining fojiali oqibatlari sababli Si Szinpinga hamdardlik bildirdi. U O‘zbekiston kasallik tarqalishiga birgalikda qarshi kurashish choralarini Xitoy bilan yaqindan muvofiqlashtirishga tayyorligini bildirdi.

Amaldorlar xarajatlari va daromadlarining muvofiqligi nazorat qilinadi
1 fevral 2020, 12:19

Amaldorlar xarajatlari va daromadlarining muvofiqligi nazorat qilinadi

O‘zbekistonda yangi tashkil etilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish organi davlat xizmatchilari xarajatlari va daromadlarining muvofiqligini nazorat qiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev kichkina bir bojxona posti boshlig‘ining uyidan 400 ming dollar topilganini ma’lum qildi.

Hokimlarning mahalliy deputatlarga rahbar bo‘lishiga chek qo‘yiladi
1 fevral 2020, 11:19

Hokimlarning mahalliy deputatlarga rahbar bo‘lishiga chek qo‘yiladi

Senat raisi Tanzila Narbayeva kelgusida hokimlar mahalliy deputatlar ustidan rahbarlik qilmasligi, ijro hokimiyati va vakillik organlari ajratilishini ma’lum qildi.

«Hali ko‘p rektorlarni ishdan bo‘shatamiz» — Shavkat Mirziyoyev
1 fevral 2020, 10:13

«Hali ko‘p rektorlarni ishdan bo‘shatamiz» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident tez orada bir qator oliy ta’lim muassasalari rektorlarini ishdan bo‘shatish haqida ogohlantirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ularning ba’zilari hatto qorovul bo‘lib ishlashga ham loyiq emas.

O‘zbekistonda geologiya sohasida yangi universitet tashkil etiladi
31 yanvar 2020, 14:53

O‘zbekistonda geologiya sohasida yangi universitet tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev geologiya sohasida faoliyat ko‘rsatadigan yangi universitet kampusiga tamal toshi qo‘ydi.

Transport sohasi rahbarlari vazifasini bajaruvchi bo‘ldi
31 yanvar 2020, 11:51

Transport sohasi rahbarlari vazifasini bajaruvchi bo‘ldi

Hukumat qarori bilan transport sohasi rahbarlari vazifasini bajaruvchi bo‘ldi. Bu ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirishga qaratilgan. Uzbekistan Airways boshqaruvchisi v. b. Baxtiyor Xakimovning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasi ko‘rib chiqiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting