Bobir Jo‘rayev Botirovich Mirzo Ulug‘bek tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Husanova Sevara Rixsibayevna esa hokim o‘rinbosari, tuman Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. Bu haqda hokimiyat matbuot xizmati xabar qildi.Bobir Jo‘rayev (1986 yilda tug‘ilgan) — Toshkent davlat pedagogika universiteti (2009), Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (2015) va prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini (2019) tamomlagan. Mirzo Ulug‘bek tuman hokimligining Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari, tuman hokimligi Apparati rahbari lavozimlarida ishlagan.

Sevara Husanova (1971 y. t.) — Toshkent Pediatriya tibbiyot institutini (1995) tamomlagan. 2011−2017 yillarda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 8-sonli oilaviy poliklinika bosh shifokori, 2017 — 2020 yillarda Mirzo Ulug‘bek tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan.