O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov 2020—2023 yilda Parlamentlararo ittifoq Ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari tayinlandi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi.

Akmal Saidov, shuningdek, 2020−2021 yillar uchun moliya bo‘yicha kichik qo‘mita a’zosi etib ham tayinlandi.

O‘zbekiston vakili ilk bor Parlamentlararo ittifoq Ijroiya qo‘mitasi a’zosi sifatida qayd etildi. Ushbu qaror tashkilotning Belgradda (Serbiya) bo‘lib o‘tgan Assambleyasi paytida qabul qilingan edi. O‘shanda Akmal Saidov nomzodi Ittifoqning Yevroosiyo guruhi tomonidan ilgari surilgan va tashkilotga a’zo davlatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullangan edi.