Olimpiya o‘yinlarining ochilishi ikki haftadan kam vaqt o‘tishi kerak bo‘lgan Yaponiya poytaxti Tokioda koronavirus bo‘yicha favqulodda vaziyat 12 iyuldan 22 avgustgacha joriy etiladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti NHK kanali ma’lumotlariga tayanib.
Bundan tashqari, Okinavadagi favqulodda rejim va yana to‘rtta prefektura — Osaka, Sayta, Chiba va Kanagavada kuchaytirilgan choralar rejimi ushbu muddatga uzaytirilmoqda.
Favqulodda rejim paytida restoran va barlarda alkogolli ichimliklar sotilishi yana cheklanadi, deya taxmin qilinmoqda. Shuningdek, karaoke xizmatiga taqiq qo‘yiladi. Bundan tashqari, rasmiylar aholini yozgi ta’til va o‘lganlarni xotirlash Obon kuni paytida hududlar bo‘ylab sayoxat qilmaslikka chaqiradilar.
Yakuniy qaror payshanba kuni kechqurun bo‘lib o‘tadigan yig‘ilish paytida tasdiqlanadi. Bundan tashqari, payshanba kuni tomoshabinlar sonidagi cheklovlarni qayta ko‘rib chiqish zarurligi to‘g‘risida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi, Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi, Tokio rasmiylari, Yaponiya hukumati va Tokio o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasining besh tomonlama yig‘ilishi rejalashtirilgan. Hozirda ma’lum bir arenadagi o‘rindiqlar sonining 50 foizigacha, ammo 10 ming kishidan oshmasligi belgilangan. Paralimpiya o‘yinlari tomoshabinlari to‘g‘risida qaror 16 iyulgacha qabul qilinadi.