Ayni kungacha O‘zbekistonda jami 4 492 365 doza vaksinadan foydalanildi, deya xabar berdi SSV matbuot xizmati. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 2 680 533 doza, 2-bosqichda emlanganlar 1 369 932 nafarni, 3-bosqich emlanganlar 441 900 nafarni tashkil qildi.

7 iyulda O‘zbekiston bo‘ylab 131 143 doza COVID-19'ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shulardan 1-bosqich emlanganlar 89 913 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 21 550, 3-bosqich emlanganlar 19 680 nafarni tashkil qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni Namangan viloyati (554 976 doza), Farg‘ona viloyatida (537 255 doza), Andijon viloyatida (515 548 doza) tashkil qilmoqda.


So‘nggi kun ichida O‘zbekistonda 490 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan bo‘lib, 7 iyul holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 114 529 nafarni tashkil etmoqda.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 208 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Shuningdek, so‘nggi bir kun ichida 365 nafar bemor kasallikdan sog‘aygan bo‘lib, O‘zbekiston bo‘yicha jami tuzalganlar soni 110 041 nafarga yetdi. Buning natijasida, mamlakatda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 760 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.