Senat raisi Tanzila Narbayeva koronavirusga qarshi emlangan, deya xabar bermoqda Senat axborot xizmati «Gazeta.uz»ga.

Ma’lum qilinishicha, Tanzila Narbayeva may-iyun oylarida Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasi bilan emlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin «Sputnik V» vaksinasini olganligi, innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov esa xitoy-o‘zbek vaksinasining sinovida ishtirok etgani, xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov xitoy-o‘zbek vaksinasi olgani haqida xabar berilgan.

Shuningdek, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Mahalla, Oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov hamda Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev koronavirusga qarshi emlangani haqida xabar berilgan edi.