11 iyundan 11 iyulga qadar bo‘lib o‘tayotgan Yevropa chempionatining yarim final uchrashuvlari yakuniga yetdi.

Italiya terma jamoasi Ispaniyani penaltilar seriyasida 4:2 hisobida mag‘lub etib (o‘yinning asosiy vaqtida 1:1) finalga yo‘l oldi.

Angliya esa Daniya ustidan qo‘shimcha vaqtlarda urilgan gol evaziga g‘alaba qozondi — 2:1 (o‘yinning asosiy vaqti 1:1).

Shunday qilib Italiya — Angliya terma jamoalari o‘rtasida final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur o‘yin Toshkent vaqti bilan 11 iyuldan 12 iyulga o‘tar kechasi 00:00 da start oladi. Uchrashuv Londondagi «Uembli» stadionida o‘tkaziladi.

Foto: https://twitter.com/EURO2020