16 avgust kuni O‘zbekistonda 846 kishida koronavirus infeksiya qayd etildi. COVID-19 rasman qayd etilganlar soni jami 144 764 nafarga yetdi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 137 457 (+885) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.


Shuningdek, 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 987 nafarni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, SSV 2 iyuldan boshlab ayni vaqtda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni haqida ma’lumot bermayapti.

Bundan tashqari, SSVning ma’lum qilishicha, dushanba kuni 407 kishida pnevmoniya qayd etilib, jami bemorlar soni 18 802 nafarga yetdi.

Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 126 nafarga yetdi.