Video: Jizzaxda haydovchisi uxlab qolgan avtobus 7 ta mashina bilan to‘qnashdi
18 yanvar 2023, 08:50

Video: Jizzaxda haydovchisi uxlab qolgan avtobus 7 ta mashina bilan to‘qnashdi

Jizzax shahrida avtobusni yo‘lovchilarsiz boshqargan haydovchi uxlab qolib, «zapravka»da navbat kutib turgan 7 ta mashinaga borib urildi. YTH oqibatida bir haydovchiga tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Toshkent kengashi sobiq hokimga murojaatnoma yo‘llanmaganini ma’lum qildi
17 yanvar 2023, 22:46

Toshkent kengashi sobiq hokimga murojaatnoma yo‘llanmaganini ma’lum qildi

Toshkent kengashi raisi o‘rinbosari Toshpo‘lat Matiboyev kengash sobiq hokimga murojaat e’lon qilmaganini bildirdi. Jahongir Ortiqxo‘jayevga minnatdorchilik bildirilgan murojaatnoma kengashning Telegram kanalida e’lon qilinib, keyinroq o‘chirib tashlangan edi.

17 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
17 yanvar 2023, 22:00

17 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

4-marta uzaytirilgan qishki ta’til, viloyatlarda ham qilinayotgan harbiy dala oshxonalari, harbiy xizmatda o‘zini o‘ldirgani aytilgan 20 yoshli yigit, 1 yilda «Tez yordam»ga 13 mlndan ko‘p chaqiriq, elektr ta’minoti korxonasi xodimiga pichoq bilan tahdid qilgan ayol va boshqalar — «Gazeta.uz»ning kun dayjestida.

AQSh DXX Chegara qo‘shinlariga 200 dan ziyod infraqizil monokulyarlarni taqdim etdi
17 yanvar 2023, 21:39

AQSh DXX Chegara qo‘shinlariga 200 dan ziyod infraqizil monokulyarlarni taqdim etdi

AQSh O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga 225 dona FLIR infraqizil monokulyar taqdim etdi

UzAuto Motors avtomobillar narxi pasayishini ma’lum qildi
17 yanvar 2023, 21:07

UzAuto Motors avtomobillar narxi pasayishini ma’lum qildi

UzAuto Motors QQS stavkasi 15 foizdan 12 foizga tushirilishi hisobiga xaridorlar uchun avtomobillar narxini pasaytirmoqda. Biroq avtomobil ishlab chiqaruvchisi shartnomalar berish qayta tiklanganidan keyin ehtimoliy narx oshishi borasida izoh bergani yo‘q.

Poytaxt kengashi Jahongir Ortiqxo‘jayevga minnatdorchilik bildirdi
17 yanvar 2023, 18:41

Poytaxt kengashi Jahongir Ortiqxo‘jayevga minnatdorchilik bildirdi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi Kengashning sobiq rahbari, ishdan olingan poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga shahar rivojiga qo‘shgan hissasi va yordami uchun minnatdorlik bildirdi. Keyinroq esa xabar o‘chirib tashlandi.

Toshkent hokimi v.b. Jahongir Ortiqxo‘jayev yordamchisini ishdan bo‘shatdi
17 yanvar 2023, 18:22

Toshkent hokimi v.b. Jahongir Ortiqxo‘jayev yordamchisini ishdan bo‘shatdi

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov sobiq hokim Jahongir Ortiqxo‘jayevning yordamchisi bo‘lib ishlagan Muzaffar Abdurahmonov bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi.

Jizzaxda tibbiy markaz mansabdorlari yangi uskunalar puliga yaroqsiz jihoz xarid qilgani aniqlandi
17 yanvar 2023, 17:36

Jizzaxda tibbiy markaz mansabdorlari yangi uskunalar puliga yaroqsiz jihoz xarid qilgani aniqlandi

Jizzax viloyati Ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 245,2 mln so‘mga jarrohlik uskunalarini xarid qilish belgilangan. Ammo mansabdorlar bu pullarni talon-toroj qilib, boshqa yaroqsiz uskunalar olgan. Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Video: Moldovada terrorizmda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi
17 yanvar 2023, 16:32

Video: Moldovada terrorizmda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Moldovada O‘zbekiston fuqarosi ushlandi. U terrorizmda ayblanmoqda. Ilgari qotillik qilishga urinib, qamoq jazosini o‘tagan erkak O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinishi kutilmoqda.

O‘zbekiston viloyatlarida ham harbiy dala oshxonalari tashkil qilinmoqda
17 yanvar 2023, 15:48

O‘zbekiston viloyatlarida ham harbiy dala oshxonalari tashkil qilinmoqda

Toshkent shahridan keyin Mudofaa vazirligi O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham harbiy dala oshxonalari va issiqlik punktlarini tashkil etayotganini ma’lum qildi.

Yangi ish boshlagan yosh shifokorlarga 1 mln so‘mgacha ustama beriladi
17 yanvar 2023, 15:11

Yangi ish boshlagan yosh shifokorlarga 1 mln so‘mgacha ustama beriladi

Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, ️yangi ish boshlagan salohiyatli yosh shifokorlarga 1 million so‘mgacha maxsus oylik ustama beriladi. Shuningdek, yuqori malakali, alohida natijaga erishgan, halol va vijdonan ishlayotgan xodimlarga ham maoshining 100 foizigacha ustama belgilanadi.

Toshkent viloyatida ayol elektr ta’minoti korxonasi xodimiga pichoq bilan tahdid qildi
17 yanvar 2023, 14:48

Toshkent viloyatida ayol elektr ta’minoti korxonasi xodimiga pichoq bilan tahdid qildi

Chirchiq shahrida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lganidan norozi bo‘lgan ayol elektr ta’minoti korxonasiga borib, korxona xodimiga pichoq bilan tahdid qildi. Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

SSV: 2022 yilda «Tez yordam»ga 13 milliondan ortiq chaqiriq kelib tushdi
17 yanvar 2023, 13:17

SSV: 2022 yilda «Tez yordam»ga 13 milliondan ortiq chaqiriq kelib tushdi

2022 yil davomida «Tez yordam» xizmatiga 13 milliondan ortiq murojaat kelib tushgan, 1,1 million kishi kasalxonaga yotqizilgan. 2021 yilda bu chaqiriqlar soni 12,5 millionni tashkil etgandi.

O‘zbekiston va Singapur o‘rtasida 6 ta yo‘nalishda hamkorlikka kelishib olindi
17 yanvar 2023, 12:51

O‘zbekiston va Singapur o‘rtasida 6 ta yo‘nalishda hamkorlikka kelishib olindi

Shavkat Mirziyoyev Singapur rahbariyati bilan uchrashdi. Davlat boshqaruvi uchun kadrlar tayyorlash, investitsiyalar, «yashil» texnologiyalarni jalb qilish, shaharsozlik va kommunikatsiyalar sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, yangi orxideya turiga O‘zbekiston prezidenti nomi berildi.

Mudofaa vazirligi tomonidan Toshkent shahri bo‘ylab harbiy dala oshxonalari tashkil etildi
17 yanvar 2023, 12:25

Mudofaa vazirligi tomonidan Toshkent shahri bo‘ylab harbiy dala oshxonalari tashkil etildi

Poytaxt va tuman hokimliklari bilan hamkorlikda Mudofaa vazirligi tomonidan harbiy dala oshxonalari tashkil etildi. U yerda fuqarolarga issiq choy va yeguliklar taklif etilmoqda.

Yangihayot tumanidagi yog‘och uylarning birida yong‘in chiqdi
17 yanvar 2023, 12:07

Yangihayot tumanidagi yog‘och uylarning birida yong‘in chiqdi

Seshanba kuni ertalab Yangihayot tumanidagi yog‘och uylarning birida yong‘in chiqdi. Hech kim jarohat olmagan. Yong‘in yog‘ qizdirilgani ortidan yuz bergani taxmin qilinmoqda.

Zangiotadagi harbiy qismda qashqadaryolik 20 yoshli yigit vafot etdi
17 yanvar 2023, 11:58

Zangiotadagi harbiy qismda qashqadaryolik 20 yoshli yigit vafot etdi

Bir yillik harbiy xizmat uchun Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi harbiy qismga ketgan 20 yoshli yigit o‘zini otib qo‘ygani sabab uyiga o‘lik holda qaytdi. Marhumning yaqinlari uni urib o‘ldirishgani, jasad tanasida jarohatlar borligini aytmoqda. Bosh prokuratura surishtiruv boshladi.

«Yuksalish» harakati energiya resurslari uchun qayta hisob-kitob qilishga chaqirdi
17 yanvar 2023, 11:50

«Yuksalish» harakati energiya resurslari uchun qayta hisob-kitob qilishga chaqirdi

«Yuksalish» harakati davlat idoralarini energiya resurslari aholiga yetkazib berilmagan kunlar uchun qayta hisob-kitob qilishga, isinish xonalarini ochishga va murojaatlar uchun ko‘p funksiyali koll-markaz tashkil etishga chaqirdi. Energetika vazirligi qishga tayyorlanganlik holati bo‘yicha hisobot berishi ham kerak.

O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida qishki ta’til yana uzaytirildi
17 yanvar 2023, 11:09

O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida qishki ta’til yana uzaytirildi

Respublika hududlarida o‘qish boshlanishi yana boshqa sanaga qoldirildi. Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Surxondaryo, Xorazm, Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida o‘qish 23 yanvar, dushanbadan boshlanadi.

Toshkent viloyatida er-xotin is gazidan vafot etdi
17 yanvar 2023, 11:00

Toshkent viloyatida er-xotin is gazidan vafot etdi

Chirchiq shahrida er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ular uyni isitish maqsadida chala yongan ko‘mirni yotoqxonaga olib kirgan va undan chiqqan is gazidan zaharlangan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting