2022 yilning birinchi yarmida e’lon qilingan mashhur Chery krossoverlarining sotuvi boshlandi. Chery avtomobillarining rasmiy distribyutori — Rudell kompaniyasi — krossover avtomobillarining afzalliklari haqida gapirib berdi.

Kafolat majburiyatlari

Yangi avtomobil xarid qilishdagi muhim qismlardan biri — kafolatdir. Tiggo 7 Pro va Tiggo 8 Pro modellarida — bu besh yil yoki 150 ming km masofani bosib o‘tishni tashkil qiladi, qaysi biri oldinroq bo‘lishiga qarab. Tiggo 8 Pro Max uchun esa bu ko‘rsatkich undan ham katta — yetti yil yoki 200 ming km.

Shuningdek, Roodell kompaniyasi O‘zbekistondagi avtomobillarga va mijozlarga har tomonlama xizmatlar ko‘rsatadi. Avtomobil ishlab chiqaruvchining o‘z uskunalaridan foydalangan holda maxsus servis markazlarida texnik xizmatlari va diagnostika o‘tkaziladi.

Kredit asosida xarid qilish imkoni mavjudmi

Chery avtomobillarining xarid qilish uchun bir nechta kredit turlari mavjud. Misol uchun, oldindan to‘lov miqdori — avtomobil narxining 10% dan boshlanadi, stavka esa hamkor bank bilan tuzilgan shartnoma shartlaridan kelib chiqib — yillik 5% dan boshlanadi.


O‘zbekistonda Chery sotuvini kim amalga oshiradi

O‘zbekistondagi Chery brendining rasmiy distribyutori — Roodell. Kompaniya nafaqat avtomobillarni, balki uning ehtiyot qismlarini va aksessuarlarini ham sotadi. Shuningdek, kafolatlangan va kafolat davridan so‘nggi xizmatlar ham ko‘rsatiladi.

Chery brendi bilan birgalikda Roodell kompaniyasi o‘zi uchun yangi bo‘lgan avtomobillarni ishlab chiqarish segmentiga kirib keldi.

Chery Tiggo 7 Pro haqida

Tiggo 7 Pro modeli — dinamik va ifodali taassurot bag‘ishlovchi, to‘g‘ri tanlangan mutanosiblik va yorqin dizaynga ega. Avtomobilning old qismida kunduzgi yurish chiroqlariga yorqin matritsali LED-chiroqlari o‘rnatilgan, ularning to‘q xromlangan 3D panjarasi esa ko‘zga tashlanadi. Avtomobilga 18-dyuymli va ikki rangli alyuminiy disklar zeb bag‘ishlab turadi.

Intererda esa barcha yuqori standartlarga javob beradigan premium sifatidagi materiallar qo‘llanilgan. Avtomobilning asosiy boshqaruv elementlari 7-dyuymli asboblar panelida va 10,25-dyuymli ahborot-rekreativ tizimda jamlangan. Iqlim nazorati esa uchinchi ekran orqali boshqariladi.

Tiggo 7 Pro — 108 kVt va 210 Nm ta’minlovchi 1,5 litrli turbo quvvatli va 4-silindrli benzinli dvigatel bilan jihozlangan. Dvigatel 9-bosqichli CVT25 variatori bilan birlashtirilgan bo‘lib, qo‘shma rejimda taxminan 7 litr sarflaydi. Shiningdek, har tomonlama HD kameralar va ko‘r zonalarni nazorat qilish tizimlari va 1 kv. m ortiq maydonga ega katta panorama tomi.

Chery Tiggo 7 Pro narxi 299 900 000 so‘mdan boshlanadi.

Chery Tiggo 8 Pro haqida

Tiggo 8 Pro modeli yetti o‘rindiqli shaklda taqdim etilgan. Avtomobil AVL kompaniyasining avstriyalik mutaxassislari bilan birgalikda yaratilgan va o‘ziga xos ishlanmali optimal 1.6TGDI benzinli-turbo dvigateliga ega. Bu ikkita taqsimlovchi val, 16 klapan, gaz taqsimlashning fazalarini o‘zgartiruvchi ikki tomonlama tizim (DVVT), to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyish va turbinaga ega bo‘lgan qatorli to‘rt silindrli dvigatel.

Qurilma bir daqiqada 5500 aylanmagacha oraliqda 186 ot kuchiga ega maksimal quvvat ishlab chiqaradi (taxminan 136,5 kVt). Maksimal aylanma — 275 Nm tashkil etadi. Quti — o‘sha CVT25 variatoridir.

Mijozga yana bir yoqadigan narsa — bu xususiyatlar va imkoniyatlarning yanada keng ko‘lamligidir. Aqlli haydash rejimlari, ASS adaptiv kruiz nazorati, BSD ko‘r zonalarni aniqlash tizimi, kalitsiz ochish va bir tugma yordamida ishga tushirish, haydovchining har tomonlama xavfsizligi uchun oltita xavfsizlik yostiqlari, atrofni ko‘rishni nazorat qilish va aqlli havo filtrlash tizimi. Panoramali lyuk esa yanada yirikroq, uning maydoni — 2 kv. m tashkil etadi.

Chery Tiggo 8 Pro narxi 356 900 000 so‘mdan boshlanadi.

Chery Tiggo 8 Pro Max haqida

Chery Tiggo 8 Pro Max — brendning bozordagi sara modellaridan biridir. Birinchidan, Tiggo 8 Pro Max oltita haydash rejimi — shahar uchun 2WD rejimidan foydalanishni oson almashtiruvchi, Chery’ning so‘nggi avlodiga tegishli, aqlli elektron to‘liq uzatmani boshqaruv tizimi bilan jihozlangan.

Ikkinchidan, model kapoti ostida xitoy konsernining eng sara dvigateli joylashgan. Chery 2.0TGDI ikki litrli dvigateli 2021 yilning Top Ten Engines Award’dan China Heart mukofotini qo‘lga kiritgan. Motor foydali issiqlik harakat koeffitsiyenti 41% tashkil etuvchi 245 ot kuchiga teng (yoki 192 kVt) maksimal quvvatga ega, bu esa dunyo bo‘ylab eng a’lo ko‘rsatkichlardan biridir. Ikki litrli dvigatelning quvvati DCT7 avtomat uzatma qutisi yetti bosqichli — preselektiv robotlashtirilgan transmissiya bilan ajoyib birlashtirilgan.

Uchinchidan esa, intererda ikkita 12-dyuymli ekran ustunlik qiladi — asboblar paneli va multimedia. Ko‘rinish va ajoyib taassurotlarni esa — ulkan panoramali lyuk bag‘ishlab turadi

Chery Tiggo 8 Pro narxi 466 900 000 so‘mdan boshlanadi.

Chery Automobile haqida qisqacha ma’lumot

Chery Automobile Xitoy kompaniyasi 1997 yilda asoslangan. 25 yil ichida kompaniya Xitoydagi yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchilardan biriga aylangan va jahon bozorida obruga erishgan.

Muvaffaqiyatning mohiyatlaridan biri texnologiyalar va innovatsiyalarga sarflangan mablag‘lar bo‘ldi. Kompaniya Xitoy, Germaniya, AQSh va Braziliya mamlakatlarida ilmiy-tadqiqot markazlarini ochdi.

Bugungi kunda Chery avtomobillari 80 dan ortiq mamlakatlarda, 1500 ta avtosalonlarda va yiliga 10 mln dan ortiq sonda sotilmoqda. Sotuvdagi eng mashhur modellar — Arrizo sedanlari va Tiggo krossoverlari.

Chery avtomobillari haqida batafsil ma’lumotni cheryauto.uz saytida olishingiz mumkin.

Instagram: @cheryuzbekistan
Telegram: t.me/cheryuzbekistan

Reklama huquqlari asosida.