9 noyabrdan boshlab avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari faoliyati vaqtinchalik cheklanadi. Bu haqda «O‘ztransgaz» matbuot xizsati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, so‘ngi kunlarda ob-havoning sovuqlashuvi sharoitida aholi, iste’molchilar hamda ijtimoiy soha obyektlari, shuningdek, strategik ahamiyatga molik korxonalarni tabiiy gaz iste’moli ortgan.

Shu munosabat bilan 9 noyabrdan barcha avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari (AGTKSH) Energetika vazirligi hamda viloyatlar hokimliklari bilan tasdiqlangan jadvalga asosan maxsus ish tartibiga o‘tkaziladi.

Amaliyotga joriy etilayotgan choralar vaqtinchalik bo‘lib, munosib shart-sharoit paydo bo‘lishi bilan barcha AGTKSH odatdagi ish tartibiga qaytadi, deyiladi xabarda.